Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Apparat yig'ilishi: bugungi ta'lim - ertangi kelajak garovi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi uchun o'tkazilgan navbatdagi apparat yig'ilishida boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev dastlab sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni tanqid ostiga olib, ta'lim-tarbiya tizimiga befarq qarab bo'lmasligini ta'kidladi.

Shuningdek, yig'ilish davomida ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash tizimida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Har bir xodim o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashib, sidqidildan mehnat qilsa ishlar unumdorligi yanada yaxshilanishi e'tirof etildi.

Yig'ilish davomida yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish borasidagi vazifa va topshiriqlar belgilandi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishliligicha muhokama etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🥰1
Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi uchun o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Karimov tomonidan "Ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash va ushbu yo‘nalishdagi muammolar" mavzusida so'z yuritildi.

Xodimlar bilan o'zaro fikr almashgan holda ta'lim-tarbiya tizimida korrupsion holatlar yuzaga kelmasligi uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2🥰1
#Matbuot_anjumani
#Sarhisob

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining joriy yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Maktabgacha ta'lim agentligi mas’ullari ishtirok etishdi.

❗️Anjuman doirasida 2023-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutasaddilar atroflicha javob berishdi.

👉 Press-reliz: https://uzedu.uz/y3/news/1181

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍3
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Prezident maktabi o'quvchilari ko'chada qoldimi?Sho‘rchi" sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Sho‘rchi tumanida ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2022-2023-o‘quv yilida ushbu ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli o‘quv jarayonlari Sho‘rchi tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida amalga oshirilgan.

Jami 10,9 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotgan Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida ayni vaqtda ishlarning
60 foizga yaqin qismi yakunlangan va maktab to'liq jihozlar bilan ta'minlangan. Hozirda manzilda davom etayotgan qurilish ishlariga 75 nafar usta-quruvchilar jalb etilgan bo'lib, yangi o'quv yiliga qadar maktab tayyor holatga keltirilishi ko'zda tutilgan.

Murojaatda keltirilgan videolavha o'tgan o'quv yilida o'quvchilar ta'lim olgan eski binoda tasvirga olingan. Yangi o'quv yilidan esa o'quvchilar yangi binoda o'qishni davom ettirishadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4🔥1💯1