Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.8K subscribers
28K photos
2.65K videos
91 files
9.05K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Siyosiy-ma'rifat soati

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi 
Davlat xizmatini rivojlantirish 
agentligining ilm.argos.uz platformasi 
hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/p3IuUEMR-qE orqali tomosha 
qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz 
muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Surxondaryodagi maktablar ta'miri uchun viloyat budjetidan 11 millarddan ortiq mablag‘ ajratildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

Denov tumanidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining birida "Rassom bolajon" nomli tadbir tashkil etildi.

Bolajonlar ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyat bilan qanchalik erta shug‘ullansa, shunchalik tez zaruriy bilim va tajribaga ega bo‘ladilar, dunyoqarashlari kengayadi, tasavvur ufqlarida qanot qoqa boshlashadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga o‘yin tarzida ta’lim berish jarayonida noan’anaviy usulda rasm chizish o‘rgatilib, zarur malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#imtihon_2023
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Termiz_shahri

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonlarini test2023.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

🎥Onlayn kuzatish

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanidagi bog‘chalardan birida bola kaltaklanganligi bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur holat bo'yicha mas'ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sherobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi “Balxiguzar” MFYda joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkor A.S. rahbarligidagi 3-sonli oilaviy nodavlat  maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi G‘.I. joriy yil 26-iyul kuni mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yotoqxonasida o‘ynab yugurib yurgan vaqtida, yotoqxonada joylashgan karavotga bexosdan boshini urib olganligi natijasida yuzining iyak qismi jarohatlangan. G‘.I. ga tarbiyachi tomonidan tezkorlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida  tarbiyalanuvchi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida urib kaltaklanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat kuzatilgan oilaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotiga Sherobod tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan ogohlantirish xati yuborildi. Mas‘ullarga kelgusida bu kabi holat kuzatilsa, bo‘lim va mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi tuzilgan bitim bekor qilinishi tushuntirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Call_markaz
#Сўраган_эдингиз

Chet el fuqarosi bo‘lgan bolalarni 1-sinfga qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori (2-ilovasi) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, chet el fuqarolari farzandlarini maktabga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, elektron ariza berishlari talab etiladi.

Ariza berganda quyidagi 3 ta hujjatni ilova qilish zarur:

1️⃣ O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
2️⃣ O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
3️⃣ Sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy xulosa.

Elektron tizim orqali yuborilgan arizalar Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan 7 kun ichida ko‘rib chiqilib, bolalarni maktabga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish bo‘yicha qarorni qabul qiladi va tizimga yuklaydi.

❗️ Berilgan yo‘llanma asosida umumta’lim maktabi chet el fuqarosi bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma imzolaydi.

Ariza rad etilganda chet el fuqarolari kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlar mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Maxsus reportaj: Surxondaryoda maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube