Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Imtihon_2023
#Prezident_maktablari

🔴 Ayni damda butun Respublikamiz bo’ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda.

❗️ Imtihon jarayonlarini test2023.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.

✔️ Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 31– iyul kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

#15_July #Fotoreportaj

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#2_smena

⚡️Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichidan fotolavhalar.

Imtihon jarayonlarini
test2023.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

🎥Onlayn kuzatish

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihoni jarayonlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida Prezident maktablariga jami 56 745 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan.
Aytish joizki, mamlakatimizda iqtidorli bolalarni taʼlim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘qitish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan Prezident maktablarida farzandlarimizni o‘qish istagi yildan-yilga ortib borayotgani quvonarli hol. Sababi, boshlang‘ich sinfdan taʼlim cho‘qqilarini zabt etish yo‘lida tashlangan bu qadam yuqori sinfgacha bolani ham, ota-onani ham tark etmaydi. 

Ayni damda Prezident maktablariga kirish imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun viloyat hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada amalga oshirilgan, deb ayta olaman.

Yuksak marralarni ko‘zlab, imtihonlarda qatnashayotgan barcha bolajonlarimizga omad va zafarlar yor bo‘lishini chin yurakdan tilab qolaman. Bugun ilm egallash yo‘lida qo‘yilgan qadamlaringiz umringiz davomida sizni tark etmasligiga ishonaman.
RADDIYA

Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali Qiziriq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida aniqlangan noqonuniy holat yuzasidan efirga uzatilgan lavha bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Mazkur lavhada Qiziriq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining maxsus ta‘mirlash ekspluatatsiya bo‘limi bosh muhandisining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyati fosh etilganligi haqida so‘z boradi.

Ma‘lum bo‘lishicha, lavhada so‘z yuritilgan fuqaro aslida Qiziriq tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi xodimi emas. U ilgari tuman Xalq ta‘limi bo‘limida faoliyat yuritgan. Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tashkil etilganidan so‘ng esa u mazkur bo‘limga ishga qabul qilinmagan. Bunga qonuniy asoslar ham mavjud.

OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollaridan ommaga tatbiq etilayotgan har bir ma'lumotga jiddiy yondashib, uning aniq va xolis ekanligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng jamoatchilik e‘tiboriga havola etishlarini so‘rab qolardik.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Ўзбекистонда таълим тизимининг ўсиш динамикаси рақамларда
#15july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur