Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
60.2K subscribers
28.1K photos
2.65K videos
91 files
9.06K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani

YO’L HARAKATI INTIZOMI BOLALIKDAN BOSHLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 11-fevral kuni “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tashabbusi bilan Denov tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh kuch” jamoasi tomonidan Sariosiyo tumanida joylashgan “Xonjiza” bolalar oromgohida “Yo’l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Davlatimiz tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni Termiz tumanidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilda bog‘chani 50 nafar jajji o‘g‘il-qizlar bitirib maktab ta’limiga qadam qo‘yishadi. Shu munosabat bilan ushbu ta’lim muassasasida “Xayr bog‘cha –salom maktab” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog‘cha tarbiyachilari majburiy sug‘urta qilinib, pul undirilmoqdaBoysun" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Mazkur holat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi.

Ma'lum bo'lishicha, "O'zagrosug'urta" AJ filiali Boysun tuman bo'limi xodimlari mahallalarda va aholi o'rtasida sug'urta jarayonlarini targ'ibot qilish davrida Boysun tumanidagi 20- hamda 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham bo'lishgan. Ushbu jarayonda mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari Boysun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga xabar bermasdan, "O'zagrosug'urta" AJ filiali Boysun tuman bo'limi xodimlariga tarbiyachilar va bog'cha xodimlari o'rtasida sug'urtaga oid targ'ibot ishlari olib borishga ruxsat berishgan.

So'ngra tashkilot direktorlari tomonidan ichki yig'ilish o'tkazilib, sug'urta uchun 10 ming so'mdan pul yig'ish tavsiya etilgan. Xodimlar esa o'z xohishlari bilan sug'urta uchun mablag' yig'ishgan va ular tegishli tartibda sug'urta qilingan.

Ushbu holat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda aloqador mas'ullarga o'zboshimchalik bilan ish tutmaslik, har bir ishga qonun doirasida yondashish bo'yicha tegishli tartibda tushuntirishlar va ogohlantirish berildi hamda ulardan tushuntirish xatlari olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Вилоят ҳокимининг бир кунлик иш фаолияти

2023 йил 12 июль:

Қишлоқ хўжалиги ва йирик инвестиция лойиҳалари ижроси муҳокама қилинди;

Сурхондарёда давлат-хусусий шериклик асосида 14 та талабалар турар жойлари қурилади;

Вилоят ҳокими фахрий ўқитувчилар билан учрашди;

Даволаш-профилактика муассасаларига 3,6 млрд сўмлик тиббий асбоб-ускуналар топширилди;

Термиз шаҳрида топшириқлар ижроси ўрганилди.

Шунингдек, вилоятдаги 4 та корхона ва бошқармаларга янги тайинланган раҳбарлар таништирилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Мусаев Анвар Зиядуллаевич)
#Denov_tumani
#Jarayon

Fotoreportaj: Denov tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog'lomlashtirish jarayonlari.

🕰 Sana: 13.07.2023 yil

✍️ Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

🌐 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram
#Sherobod_tumani

Sog'lomjon - polvonjon

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun "Sog'lomjon va Polvonjon" sport musobaqasi o'tkazildi.

Bundan maqsad, bolalar organizmining funksional takomillashuvi, bolalar sog'ligining mustahkamlanishi, bolalar tomonidan to'g'ri harakat ko'nikmalarining egallanishi, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg'otish va jismoniy jihatdan rivojlanishni ta'minlashdan iborat.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Maktabgacha ta’lim tizimiga doir seminar o‘tkazildi

Bugun Sherobod tuman hokimligida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov ishtirokida maktabgacha ta’lim tizimiga oid seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, shuningdek, tumandagi barcha 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari hamda hamshiralari qatnashishdi.

Seminarda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi, bir qator kamchiliklar va muammolar yuzasidan fikr almashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube