Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.4K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_tumani

Xayr bog'cha - salom maktab!

Termiz tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi. Bu yil mazkur bog'chaning 50 nafar tarbiyalanuvchilari maktabga qadam qo'yishadi.

Tadbir davomida ushbu tarbiyalanuvchilar o'tgan fursat davomida olgan bilimlarini namoyish etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan terma jamoamiz a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#BAA #11_July #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oltinsoy tumanida kim 5 milliard mablag'ni havoga uchirdi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Xabarda keltirilgan 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Oltinsoy tumanining "Hayrandara" mahallasi hududida joylashgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan "Fayz paxta Servis" MCHJ tomonidan 5 milliard 50 million so'm mablag' evaziga yangidan qurilgan va 150 o'rinli mazkur bog'cha joriy yilning fevral oyida faoliyatini boshlagan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10-iyul kuni kechki payt maktabgacha ta'lim tashkiloti devorlarida yoriqlar paydo bo'lgan va tashkilot ma'muriyati tomonidan zudlik bilan mas'ullarga murojaat qilingan.

Ayni vaqtda bog'cha faoliyati to'xtatilgan bo'lib, manzilda sohaga doir mas'ullar tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. O'rganish jarayonlari yakunlangandan so'ng holat bo'yicha batafsil axborot beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Бор билим ва тажрибамни, куч-ғайратимни меҳнаткаш, мард ва олижаноб халқимизнинг менга билдирган юксак ишончини оқлаш учун сафарбар этишга, бу йўлда, керак бўлса, жонимни ҳам фидо қилишга тайёрман.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Расмий муносабат: Ишчи гуруҳи ўрганиш ишларини олиб бормоқда

Бугун Daryo.uz' интернет нашри "Сурхондарёда 5 млрд сўмга қурилган боғча олти ой ўтмай, болалар учун хавфли масканга айлангани айтилмоқда" сарлавҳали видеоматериаллар эьлон қилди. Унда Сурхондарё вилояти Олтинсой туманида жорий йил январь ойида фойдаланишга топширилган боғчанинг яроқсиз ҳолга келиб қолгани ҳақида фикр юритилган.

Мазкур материалда келтирилган ҳолатлар вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов томонидан шахсан назоратга олиниб,  уни атрофлича ўрганиш бўйича ишчи гуруҳи таркиби тасдиқланди.

Ишчи гуруҳга боғчадаги ҳолатни батафсил ўрганиб чиқиш, айбдорларни аниқлаш, қонунчиликда белгиланган тартибда жазога тортиш юзасидан кўрсатма берилди.

Ўрганиш якунлари, кўрилган чоралар тўғрисида батафсил ахборот берилади.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
📣XUSHXABAR

Xalqaro olimpiadadan yana 3
ta medal

Xalqaro matematika olimpiadasida
o’quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo’lga kiritdi

📍
Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi.

G'olib o‘quvchilar bilan tanishing:

🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

Olimpiadaning tantanali yopilish marosimi ertaga bo’lib o’tadi.

Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Boshingga eng qiyin kunlar tushib, sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganda aslo sabringdan voz kechma. Aynan o‘sha nuqta taqdiringni o‘zgartiradigan nuqtadir.

                  Jaloliddin Rumiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Amaliy konferensiya: "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan bugun viloyatimizda "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o'zaro fikr, tajriba almashishdi.

Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma'lumotlari yig'ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

🏞Ko'proq foto👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube