Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
60.1K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.07K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Angor_tumani

Tuman hokimi ijtimoiy soha obyektlarini
o'rgandi

Angor tumani hokimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini nazorat qildi.

Muassasadagi ta’mirlash jarayonlari bilan tanishib, quruvchilar va mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Tuman hokimi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni mas’ullarga ko‘rsatib, topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha muhlat belgiladi. Hokim suhbat jarayonida muammolarni tez kunda bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishiga qadar to‘liq yakunlash va jihozlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani

Sariosiyo tumanidagi 60-sonli umumtaʼlim maktabida maktab maʼmuriyati va mahalla faollari tashabbusi bilan yangi zamonaviy
sport maydoni barpo etilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг @uza_uz телеграм канали орқали 6-июль куни соат 11:00 да Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги масъул ходимлари иштирокида “1-синфга қабул жараёнлари қандай кечяпти?” мавзусида ОВОЗЛИ ЧАТ бўлиб ўтади.

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
ТАЙИНЛОВ

Тағоев Мухиддин Сайфидинович
Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг Сурхондарё вилояти бошқармаси бошлиғи ўринбосари – бошқарма бошлиғи вазифасини вақтинча бажарувчиси этиб тайинланди.

У 1983 йилда Бойсун туманида туғилган. 2007 йил Термиз давлат университетини, 2016 йил Ўзбекистон Республикаси солиқ академиясини тугатган. Маълумоти бўйича мутахассислиги – транспорт воситаларини ишлатиш ва таъмирлаш, солиқлар ва солиққа тортиш.

М.Тағоев меҳнат фаолияти давомида солиқ органларида турли вазифаларда ҳамда туман ҳокимининг ўринбосари лавозимида меҳнат қилган.

Тайинловга қадар 2022 йилдан буён Термиз тумани ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари лавозимида фаолият юритиб келаётган эди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
⚡️Olti nafar iqtiforli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga yetib bordi.

💥Ertaga 7-iyul kuni Xalqaro matemematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o'tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

8-9-iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi.

❗️Eslatib o’tamiz, O’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉29 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

🤲Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Taʼlimga eʼtibor-kelajakka eʼtibor. Viloyat hokimi boshchiligida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida oʼtkazilgan tadbirda ayni jihatlar haqida atroflicha soʼz yuritildi. Shuningdek, vohamizdagi 110 ta umumtaʼlim maktablariga zamonaviy kompyuter hamda laboratoriya jihozlari jamlanmalari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
Boysun tumanida 100 o‘ringa mo‘ljallangan davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda yurtimizda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar va islohatlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanda 2018 yilda faqat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, ularning soni 10 ta, qamrov darajasi esa 7,6 foizni tashkil etgan xolos.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida Boysun tumanida jami 96 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan to‘rt yilga nisbattan 86 taga ko‘p ya’ni 82 foizga o‘sish demakdir.

Jumladan, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 20 taga, davlat xususiy-sherikchilik shaklidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 9 taga hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 68 taga yetkazildi. Natijada, tumandagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrov darajasi 7,6 foizdan 59,9 foizga oshirildi.

Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim yoshidagi 11 ming 296 nafar bolalardan 6 ming 688 nafari qamrab olingan.

Bugun tumandagi “Ko‘lqamish” mahallasida joylashgan 100 o‘ringa mo‘ljallangan qiymati 2 mlrd. 500 mln. so‘mlik “Mening shirintoylarim” nomli 10 -sonli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti 1 mlrd 900 mln so'm kredit mablag'lari qolgani tadbikorning o'z mablag'lari hisobidan qurib foydalanishga topshirildi.

Ayni vaqtda “Ko‘lqamish” mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lsa, shularning 100 nafari ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari aholi bandligini ta’minlash maqsadida ushbu tashkilotga hududdagi jami 15 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilinadi.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotini faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM