Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63K subscribers
27.7K photos
2.61K videos
91 files
8.94K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 30-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida"gi 43-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha talim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muzrabot tumani hokimi ham ishtirok etib, jajji bolalarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi

Maktabgacha ta'lim agentligi, Yevropa ittifoqi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida bugun vohamizda tashkil etilgan navbatdagi seminarda viloyatning Jarqo'rg'on tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda shahar va tumanlardagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarining AKT mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar orqali maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish va maktabgacha ta'lim tizimidagi AKT xodimlari bilan birgalikda davra suhbati jarayonida "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini ragʼbatlantirish maqsadida eng faol oʼquvchilarga oltin va kumush medallar topshirilmoqda. Xulqi namunali va jamoat ishlarida faol bir guruh sherobodlik bitiruvchilar ana shunday eʼtirofga sazovor boʼldilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK

Surxondaryodagi 3 ta maktabga tadbirkor homiyligi asosida kompyuter jamlanmalari yetkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Prezidentimizning joriy yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyevga viloyatdagi 50 nafar yoshlar biriktirilgan.

Bugun boshqarma boshlig‘i Denov tumanidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida 1 nafar yosh ishga joylashtirildi, 2 nafariga moddiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutildi. Shuningdek, 1 nafar imkoniyati cheklangan yoshning muammolari bilan tizimli ishlash, 1 nafar yoshning o‘qishi bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish hamda 1 nafar yoshning nikoh to‘yini o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi va 3 nafar yoshga takroriy ekin ekish uchun yer ajratildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхати тасдиқланди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан 2023-2024 ўқув йилида бошқа ҳудудлардан педагоглар жалб этиладиган таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхати тасдиқланди.

Ушбу мактабларда дарс бериш учун бошқа ҳудудлардан жалб қилинган олий ва биринчи тоифага эга ўқитувчи-педагогларнинг базавий тариф ставкаларига (50, 100 фоиз) махсус устамалар тўланади.

Таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхатига Сурхондарё вилоятидан қуйидаги 57 та муассаса киритилган:

▪️Ангор т. — 45;
▪️Бандихон т. — 38, 40, 41, 42, 43;
▪️Денов т. — 57, 65, 99, 100;
▪️Музработ т. — 57;
▪️Олтинсой т. — 27;
▪️Қумқўрғон т. — 29,84, 32, 17, 13, 68, 19, 28, 11,73;
▪️Сариосиё т. — 42, 78, 50, 39, 46, 76, 77, 59, 44, 84, 86, 87, 88;
▪️Шеробод т. — 73, 74, 63, 69;
▪️Шўрчи т. — 40, 55, 12, 26, 70, 72, 63;
▪️Термиз т. — 4, 8, 9, 11;
▪️Узун т. — 29, 50, 40, 45, 41, 56, 65.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
Ilk bor umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oldi
 
Bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” o‘quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
 
Xalqaro yoshlar ishtirokida 17-23-iyun kunlari bo’lib o’tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi.

📍 Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat
43 ta jamoa vakillari:


🔹harbiylashgan estafeta,
🔹 arqon tortish,
🔹 qurolni noto’liq holda sochib-yig’ish,
🔹 ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish,
🔹 pnevatik miltiqda o‘q otish,
🔹 turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida o’zaro kuch sinashishdi.
 
❗️ Musobaqalar yakuniga ko‘ra:

🥇Qozog‘iston terma jamoasi — I o‘rinni,
🥈O‘zbekiston terma jamoasi — II o‘rinni,
🥉Ozarbayjon terma jamoasi esa III o‘rinni egalladi.
 
✔️ G’oliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram