Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
34.9K subscribers
30.9K photos
2.96K videos
96 files
9.97K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 RO‘YXAT

❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
qabul qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Muzrabot_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 30-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida"gi 43-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha talim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muzrabot tumani hokimi ham ishtirok etib, jajji bolalarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi

Maktabgacha ta'lim agentligi, Yevropa ittifoqi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida bugun vohamizda tashkil etilgan navbatdagi seminarda viloyatning Jarqo'rg'on tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda shahar va tumanlardagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarining AKT mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar orqali maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish va maktabgacha ta'lim tizimidagi AKT xodimlari bilan birgalikda davra suhbati jarayonida "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini ragʼbatlantirish maqsadida eng faol oʼquvchilarga oltin va kumush medallar topshirilmoqda. Xulqi namunali va jamoat ishlarida faol bir guruh sherobodlik bitiruvchilar ana shunday eʼtirofga sazovor boʼldilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK

Surxondaryodagi 3 ta maktabga tadbirkor homiyligi asosida kompyuter jamlanmalari yetkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Prezidentimizning joriy yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyevga viloyatdagi 50 nafar yoshlar biriktirilgan.

Bugun boshqarma boshlig‘i Denov tumanidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida 1 nafar yosh ishga joylashtirildi, 2 nafariga moddiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutildi. Shuningdek, 1 nafar imkoniyati cheklangan yoshning muammolari bilan tizimli ishlash, 1 nafar yoshning o‘qishi bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish hamda 1 nafar yoshning nikoh to‘yini o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi va 3 nafar yoshga takroriy ekin ekish uchun yer ajratildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube