Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
58.7K subscribers
28.1K photos
2.67K videos
91 files
9.1K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Uzun_tumani

Uzun tumanida 68 nafar o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi

Uzun tumani hokimligi majlislar zalida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan oʼquvchilarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan 47 nafar oʼquvchiga oltin va 21 nafariga kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#bildirish
#qabul_2023

📣 MUHIM YANGILIK

Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Ijod maktablariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangilik!!!

⚡️Bu yilgi qabul jarayonlarida hujjat topshirish istagidagi talabgor va ularning ota-onalariga yana bir qulaylik yaratildi.

🆕 Endilikda talabgor ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internati yoki ijod maktabiga hujjat topshirish jarayonida Kundalik.comdagi joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini ariza.piima.uz saytiga yuklashlari mumkin.

‼️ Baholar tabelini maktab direktori tomonidan tasdiqlatish shart emas!

❗️Eslatib otamiz, Prezident maktablariga hujjat topshirish jarayonlari bundan mustasno.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 RO‘YXAT

❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
qabul qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Muzrabot_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 30-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida"gi 43-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha talim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muzrabot tumani hokimi ham ishtirok etib, jajji bolalarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi

Maktabgacha ta'lim agentligi, Yevropa ittifoqi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida bugun vohamizda tashkil etilgan navbatdagi seminarda viloyatning Jarqo'rg'on tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda shahar va tumanlardagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarining AKT mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar orqali maktabgacha ta'lim tizimidagi xodimlarning "Bolalar bog'chasi" axborot tizimida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha malakasini oshirish va maktabgacha ta'lim tizimidagi AKT xodimlari bilan birgalikda davra suhbati jarayonida "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini ragʼbatlantirish maqsadida eng faol oʼquvchilarga oltin va kumush medallar topshirilmoqda. Xulqi namunali va jamoat ishlarida faol bir guruh sherobodlik bitiruvchilar ana shunday eʼtirofga sazovor boʼldilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK

Surxondaryodagi 3 ta maktabga tadbirkor homiyligi asosida kompyuter jamlanmalari yetkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube