Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
37.3K subscribers
30.6K photos
2.94K videos
96 files
9.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Бугун – Халқаро Олимпия куни

1894 йилнинг 23 июнь куни барон Пьер де Кубертен томонидан Халқаро Олимпия қўмитасига асос солинган.

1948 йилнинг январь ойида Сент-Мориц (Швейцария)да ўтказилган ХОҚнинг 42-сессиясида Бутунжаҳон Олимпия кунини нишонлаш хақидаги қарор қабул қилинган.

1894 йилнинг 23 июнь куни Парижда бўлиб ўтган 12 мамлакат вакиллари иштирокида бўлиб ўтган халқаро конгресс Пьер де Кубертеннинг Олимпия ўйинларини қайта тиклаш, ҳар тўрт йилда ўтказиш ва мусобақаларга барча халқларни таклиф қилиш ғоясини қабул қилди. Шу сабабли “Олимпия куни”ни 23 июнь санасида кенг нишонлаш анъанага айланган.

Айни пайтда ХОҚ жаҳоннинг 206 мамлакатини ўз атрофига бирлаштирган. 1994 йилдан Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитаси ҳам ушбу нуфузли спорт ташкилотининг тенг ҳуқуқли аъзоси саналади.

Ушбу байрам билан Олимпия ҳаракатига ўз ҳиссасини қўшаётган барча юртдошларимизни, жумладан, спорт мухлислари, мутахассис ва спортчиларни табриклаймиз.

🌐
https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
“BBC World News” телеканали Ўзбекистон туризмига бағишланган тарғибот кампаниясини бошлади

Йил охиригача Осиё-тинч океани минтақаси, Европа ва Шимолий Америкада давом этадиган реклама кампанияси Ўзбекистоннинг ноёб маданий-тарихий диққатга сазовор жойлари билан таништиради.

Маълумот учун, “BBC World News” телекомпаниясини дунё бўйлаб 200 дан ортиқ мамлакатлар ва ҳудудларда жами 450 миллиондан ортиқ аудитория кузатиб боради.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni asosida bugungi kunda viloyatimizdagi 61 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev viloyatning Termiz tumanida bo'lib, manzildagi 22- hamda 25-umumta'lim maktablarida olib borilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mas'ullar bilan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i avvalo sifatga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlab, o‘zining sohaga oid zarur tavsiyalarini berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha ta'lim tizimiga doir navbatdagi seminar tashkil etildi

Bugun viloyatimizda Maktabgacha ta'lim agentligi, Yevropa ittifoqi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish bo'yicha maktabgacha ta'lim sohasi mutaxassislarining imkoniyatlarini oshirish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Z.O'tayev hamda tashabbuskor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yig'ilganlarga seminarning maqsad-mazmunini tushuntirib o'tishdi.

Seminar davomida esa ishtirokchilarga id.egov.uz, "Bolalar bog'chasi" tizimlari haqida tegishli tushuntirishlar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube