Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_tumani

Muzrabotda 58 nafar o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi

Bugungi kunda Muzrabot tumanida 57 ta umumiy oʼrta taʼlim maktabi va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat koʼrsatmoqda. Tumandagi umumtaʼlim maktablarini 2022-2023-oʼquv yilida jami 2229 nafar 9-11-sinf o'quvchilari tamomlashmoqda.

Bugun tuman hokimligida koʼtarinki ruhda oʼtkazilgan tadbirda Muzrabot tumani hokimi maktab bitiruvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, 54 nafar bitiruvchilarga oltin, 4 nafariga kumush medallarni tantanali ravishda topshirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi 55-maktabda sport zalining mavjud emasligi va ayrim maktablarga internet tarmog'ining yetib bormaganligi yuzasidan tarqalgan xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Denov tuman “Bogʼi eram” mahallasida joylashgan 55-umumiy oʼrta taʼlim maktabi binosi 2008-yilda 630 oʼquvchi oʼrniga moʼljallab tumandagi 50-maktab uchun qoʼshimcha bino sifatida qurilgan. Tumandagi 50-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida esa 12x24 hajmdagi sport zal mavjud boʼlgan.

2018-yilda Denov tumani hokimi qarori bilan 55-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabiga mustaqil maktab maqomi berilgan. Ta'lim muassasasida joriy o'quv yilida 482 nafar oʼquvchilar taʼlim oldi. Maktab qo'shimcha bino sifatida qurilganligi bois hozirda sport zali mavjud emas.

Bugungi kunda Davlat taʼlim muassasalarida oʼquv binolari hamda sport zallar qurilishi Davlat dasturi asosida amalga oshiriladi.
55-umumiy oʼrta taʼlim maktabi uchun sport zal qurish taklifi
2024-yilgi Davlat dasturiga kiritilgan.

Taʼlim muassasalarini jihozlash esa belgilangan tartib asosida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Tadbirkorlar tomonidan “Аutsorsing” asosida oshxona qurish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, hozirgi kunda “Ochiq budjet” portali orqali har bir davlat taʼlim muassasasida qurilish-taʼmirlash va jihozlash boʼyicha tashabbusli loyihalarini joylashtirgan holda gʼoliblikni qoʼlga kiritib, taʼlim muassasasida taʼmirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirishi, shuningdek yengil konstruksiyali sport zallari qurish imkoniyati mavjud. Ushbu loyiha boʼyicha tumandagi bir qancha taʼlim muassasalari gʼoliblikni qoʼlga kiritib, maktabda taʼmirlash ishlari va jihozlash ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, Denov tumanidagi "Paxtakurash" mahallasida
67-umumiy oʼrta taʼlim maktabi hamda uning filiali joylashgan. Asosiy maktab binosiga optik tolali internet tarmogʼi tortilgan va hozirgi kunda uzluksiz ishlab turibdi. Maktab filialida esa haqiqatda optik tolali internet tarmogʼi tortilmagan. Chunki, taʼlim muassasalarini internet tarmogʼiga ulash boʼyicha 1-navbatda maktablarning asosiy binosi, 2-navbatda maktab filiali binolari koʼzda tutilgan. Shu sababli maktab filiallari binolari ham bosqichma-bosqich internet tarmogʼiga ulanishi rejalashtirilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Shoʻrchi_tumani

Sogʼlomlashtirish yoʼlida

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʼlom ovqatlanishini tashkil etish maqsadida Sho'rchi tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida sogʼlom ovqatlanish va bu borada amalga oshirilishi zarur boʼlgan vazifalar xususida soʼz yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
22-iyun-1-iyul kunlari tarixda ilk bor 6 ta super jamoa o'rtasida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Mahindra Tech Global Chess Ligasi turniri bo'lib o'tadi.

Mazkur turnirda Nodirbek Abdusattorov (Balan Alaskan Knights jamoasida) va Javohir Sindarov (UpGrad Mumba Masters) jamoalaridan ishtirok etishadi

Bahslarni o'zbek tilida jonli efirda kuzatish uchun:
https://www.youtube.com/live/QhexK3g3JEI?feature=share

Rus tilida jonli efirda kuzatish uchun:
https://www.youtube.com/live/5WIqeqUgNPQ?feature=share

👉@uzchesss
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Бугун – Халқаро Олимпия куни

1894 йилнинг 23 июнь куни барон Пьер де Кубертен томонидан Халқаро Олимпия қўмитасига асос солинган.

1948 йилнинг январь ойида Сент-Мориц (Швейцария)да ўтказилган ХОҚнинг 42-сессиясида Бутунжаҳон Олимпия кунини нишонлаш хақидаги қарор қабул қилинган.

1894 йилнинг 23 июнь куни Парижда бўлиб ўтган 12 мамлакат вакиллари иштирокида бўлиб ўтган халқаро конгресс Пьер де Кубертеннинг Олимпия ўйинларини қайта тиклаш, ҳар тўрт йилда ўтказиш ва мусобақаларга барча халқларни таклиф қилиш ғоясини қабул қилди. Шу сабабли “Олимпия куни”ни 23 июнь санасида кенг нишонлаш анъанага айланган.

Айни пайтда ХОҚ жаҳоннинг 206 мамлакатини ўз атрофига бирлаштирган. 1994 йилдан Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитаси ҳам ушбу нуфузли спорт ташкилотининг тенг ҳуқуқли аъзоси саналади.

Ушбу байрам билан Олимпия ҳаракатига ўз ҳиссасини қўшаётган барча юртдошларимизни, жумладан, спорт мухлислари, мутахассис ва спортчиларни табриклаймиз.

🌐
https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
“BBC World News” телеканали Ўзбекистон туризмига бағишланган тарғибот кампаниясини бошлади

Йил охиригача Осиё-тинч океани минтақаси, Европа ва Шимолий Америкада давом этадиган реклама кампанияси Ўзбекистоннинг ноёб маданий-тарихий диққатга сазовор жойлари билан таништиради.

Маълумот учун, “BBC World News” телекомпаниясини дунё бўйлаб 200 дан ортиқ мамлакатлар ва ҳудудларда жами 450 миллиондан ортиқ аудитория кузатиб боради.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni asosida bugungi kunda viloyatimizdagi 61 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev viloyatning Termiz tumanida bo'lib, manzildagi 22- hamda 25-umumta'lim maktablarida olib borilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mas'ullar bilan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i avvalo sifatga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlab, o‘zining sohaga oid zarur tavsiyalarini berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube