Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev Denov tumanida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida 1 nafar yosh ishga joylashtirildi, 2 nafar yoshga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur duradgorlik asboblari olib berildi. Shuningdek, 1 nafar yosh haydovchilik kursiga jalb etilgan bo‘lsa, 3 nafar yoshning muammolari yaqindan o‘rganilib, yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5
Boshqarma boshlig‘i ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni asosida viloyatimizdagi 61 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari, qolaversa qator maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham qurilish ishlari olib borilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev viloyatning Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mas'ullar bilan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i avvalo sifatga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlab, o‘zining zarur tavsiyalarini berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍6
#Boysun_tumani

Finlandiya ta'lim tajribasi voha ta'limiga tatbiq etilmoqda

Boysun tumanidagi Madaniyat markazida kuni kecha "Finlandiya tajribasi asosida o‘quvchilarga pedagoglar tomonidan ta'lim-tarbiya berishning afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda tumandagi maktab direktorlari, o‘quv ishlari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, salohiyatli pedagoglar ishtirok etishdi.

Seminarda mas'ullar tomonidan yig‘ilganlarga mavzuga doir zarur ma'lumotlar berildi va o‘zaro fikr almashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
#Jarqoʻrgʻon_tumani

Turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Prezidentimizning joriy yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i tumanda o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan yoshlarning holidan xabar olib, ularning xohish istaklaridan kelib chiqib sovg‘alar topshirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4