Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#fotoreportaj

❗️Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy (laboratoriya) ish bosqichi davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍1🔥1
#Boysun_tumani

“Yoshlar oyligi”
doirasida Boysun tumanida “Ma'rifat soati” loyihasi tashkil etildi.

Unda turli badiiy chiqishlar namoyish etildi, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so'z yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Mustahkam ijro intizomi va shaxsiy masʼuliyat — bosh mezon

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi. Unda boshqarmaning barcha xodimlari qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror, Farmon va Farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli qilib ijrosini taʼminlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijobiy hal etilishi holati va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Shuningdek, xodimlarga tartib-intizom yuzasidan tanqidiy ruhda tushuntirishlar berildi. Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍7
Maktabgacha ta’lim tizimiga oid navbatdagi seminar o’tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi va O'zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo'mitasining 2023-yil 23-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to'g'risida"gi 1- va 12-sonli qo'shma qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Termiz shahridagi MTTlarining hamshira va xo’jalik mudirlari uchun bog’chalarda sog’lom ovqatlanishni, tibbiy xizmatni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-sonli qarori bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni yuritish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5