Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
37.2K subscribers
30.7K photos
2.94K videos
96 files
9.91K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_tumani

Muzrabotda 100 oʼrinli zamonaviy bogʼcha foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani “Guliston” mahallasida tadbirkor tomonidan eski maktab binosi qayta taʼmirlash orqali 100 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼz faoliyatini boshladi.

Kuni kecha mazkur bogʼchaning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha masʼullari ishtirok etishdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda tumanda 23 ta davlat, 1 ta nodavlat, 8 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat va 112 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur bogʼchalarda tumandagi 3-7 yoshdagi 13,7 ming nafar bolalarning 59,3 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Jarqoʻrgʻon_tumani

XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB

Tumandagi 39-sonli "Majnuntol" davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'chajon" tadbiri bo'lib o'tdi.

Mazkur ta'lim maskaninining 30 nafar jajji o'g'il-qizlari o'zlarining sevimli bog'chalari bilan xayrlashdilar. Endi ular yangi o'quv yilidan boshlab maktab ostonasiga qadam qo'yadilar.

Bolalarning yuraklarida jo'sh urayotgan beg'ubor orzular va ko'zlarida aks etgan samimiy hayajon ular ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, raqslar va she'rlarda aks etdi go'yo. Tadbir so'ngida MTT direktori bolajonlarga sovg'alar ulashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Mehr ulashib

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Muzrabot tumandagi “Obi hayot”, “Yakkatol” va “Shaffof” mahallalarida istiqomat qiluvchi nogironligi bor hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi yoshlarga "Mehr-muruvvat va saxovat" tadbiri doirasida o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alar ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube