Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Yozgi taʼtil vaqtida maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar oʼrganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan Termiz tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur oʼrgatiladigan maktabdagi oʼquvchilarni 2 ta xorijiy til va 1 ta kasbga oʼrgatish jarayonlari hamda maktabdagi toʼgaraklar faoliyati oʼrganildi.

Maʼlumot oʼrnida, ushbu maktabda yozgi taʼtil davrida xorijiy til sifatida ingliz tili toʼgaragi oʼtilayotgan boʼlsa, dasturchi, qandolatchi yoʼnalishlarida kasb toʼgaraklari faoliyati davom etmoqda.

Shuningdek, maktabda shaxmat, shashka, musiqa va sport toʼgaraklari ham oʼz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Tabriklaymiz

Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash maqsadida viloyatimizda “Ayol – jamiyat ko’zgusi” mavzusida o’tkazilgan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi velosport musobaqalarida Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya yo’riqchisi Kamola Mamayusupova faol ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan Kamolaxonni qutlab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Angorda 34 nafar 11-sinf bitiruvchilariga oltin medallar topshirildi

Tadbir avvalida, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlarning takliflari va murojaatlari hokim tomonidan qabul qilindi.

2022-2023-oʻquv yili yakunida tumandagi 47 ta umumtaʼlim maktabida tahsil olgan 1434 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi.

Uchrashuv davomida umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomlab, yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga 34 ta oltin, 10 ta kumush medal topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida  aytish kerakki, 13 nafar bitiruvchi angorlik yoshlar respublika fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etganligi uchun universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Музработда 100 ўринли замонавий хусусий боғча фойдаланишга топширилди

Музработ тумани “Маданият” маҳалласида “Райҳонгул” МЧЖ томонидан қурилган, лойиҳа қиймати 1,8 млрд сўмлик давлат-хусусий шерикичилик асосидаги 100 ўринли мактабгача таълим ташкилоти ўз фаолиятини бошлади.

Бугун мазкур боғчанинг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди. Унда вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов, туман мутасаддилари, нуронийлар, фаоллар ва ёшлар ҳамда соҳа масъуллари иштирок этишди. Хусусий мактабгача таълим ташкилотида болаларнинг таълим-тарбия олишлари учун барча шарт-шароитлар яратилган.

Маълумот учун, ҳозирги кунда туманда 23 та давлат, 1 та нодавлат, 8 та давлат-хусусий шерикчилик асосидаги нодавлат ва 112 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолият юритмоқда. Мазкур боғчаларда тумандаги 3-7 ёшдаги 13,7 минг нафар болаларнинг 8,1 нафари ёки 59,3 фоизи мактабгача таълимга қамраб олинган.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site