Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
66.1K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.91K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Jarqoʻrgʻon_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangicha metodlar tadbiq etilmoqda

Yangi O'zbekistonda yangicha yondashuv, yangicha metodlar, ta'lim islohotlarining poydevorini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar guvohi bo'lib turibmiz. Joriy yilda Jarqo‘rg‘on tumanida 15 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari O'zbekiston Maktabgacha ta'lim agentligi va Amerikaning Mercy Corps tashkiloti hamkorligida tarbiyachilarning malakalarini oshirish seminarlarida qatnashdi. 

Endilikda tarbiyachilar mazkur seminarlarda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishmoqda. Xususan, tumandagi 36-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida ushbu jarayonlar qizg‘in tarzda amalga oshirilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Италия Республикаси Президенти Сержо Маттарелланинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Итальянской Республики Серджо Маттареллы отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
Ёзги_соғломлаштириш_ишларини_ташкил_этиш_бўйича_методик_тавсия.pdf
3.2 MB
🌈MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTLARIDA YOZGI SOGʻLOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA


Ushbu metodik tavsiya maktabgacha taʻlim tashkilotlarining pedagogik jamoasi uchun moʻljallangan boʻlib, unda maktabgacha yoshdagi bolalarni yozgi sogʻlomlashtirish, chiniqtirish, ularning salomatligini mustahkamlashning maqsad
va vazifalari, ushbu davrni tashkil etuvchi pedagogik jamoa aʻzolarining lavozim vazifalari, davr davomida oʻtkazish tavsiya etilgan rivojlantirish markazlaridagi taʻlimiy-tarbiyaviy jarayon va umumiy guruhlarda ishlash tafsiloti bayon etilgan.

Shuningdek, metodik tavsiyada yozgi tadbirlarni tashkil etishda hayot xavfsizligi asoslari, suv havzalaridan foydalanish, bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ham yoritilgan.

Mazkur qoʻllanma maktabgacha taʻ lim tashkilotlari pedagog xodimlari va ota- onalarga moʻljallangan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yoshlar tarbiyasiga e'tibor: Otalar bilan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi

Bugun Termiz tumanidagi 12-sonli AFCHO‘MIda bitiruvchi o‘quvchilarning otalari ishtirokida navbatdagi "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi. Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan taʼlim tizimidagi islohotlar borasida so’z yuritildi. Shundan so'ng otalar uchun maktabda ekskursiya tashkil etildi.

Jarayonda maktabdagi yozgi maktab oldi oromgohi, 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi. Hozirda ushbu maktabdagi yozgi maktab oldi oromgohiga yuzga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb etilgan bo‘lsa, xorijiy til va kasb yo‘nalishidagi to‘garaklarga barcha 10-11-sinf o‘quvchilari qamrab olingan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube