Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.1K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
O‘QUVCHILAR TARIXIY QADAMJOLARGA SAYOHAT QILISHDI

O'quvchilarning ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Sariosiyo tumanidagi 6-umumta‘lim maktabi o‘quvchilari respublikamizning diqqatga sazovor go‘shalari jumladan Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarining tarixiy qadamjolarini, kecha va bugunni o‘zida aks etgan muzeylariga, zamonaviy va milliy uslubda qad rostlagan bino va inshootlari bo‘ylab sayohat qilishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_13

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:10 Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-sinf o‘quvchilariga informatika fanidan dars berishimiz aytilyapti. Boshlang‘ich sinflarga informatika fani o‘tish uchun zarur adabiyot va o‘quv dasturlarini qayerdan olishim mumkin?

➡️ 01:43 Joriy yilda maktab o‘qituvchilariga 56 kun mehnat ta’tili berilishi aytilyapti. Bu muddatga yakshanba va bayram kunlari ham kiritiladimi? Keyin yosh bolali va davlat mukofotiga ega xodimlarga qo‘shimcha ta’til kunlari beriladimi?

➡️ 03:11 Bog‘cha tarbiyachilarining oyligi maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtirilayotgan ekan. Mazkur o‘zgarish barcha guruhlardagi tayyorlov guruh tarbiyachilariga nisbatan tatbiq etiladimi?

➡️ 04:43 Nega bog‘cha tarbiyachilarining ish normasi bir stavkadan oshirilmaydi? Axir malakali tarbiyachilar bo‘sh vakant o‘rinlarida qo‘shimcha ishlay olishadiku?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 26.05.2023 - 02.07.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani

Sherobod tumanidagi 37-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Shoʻrchi_tumani

BOLАLIK - BEGʼUBORLIK

Bolalik inson umrining eng unutilmas va esda qolarli xotiralaridan biri hisoblanadi. Аyniqsa, yurtimizda bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning bekamu koʼst ulgʼayib, barkamol avlod boʼlib voyaga yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini, ularga yaratilgan sharoitlarning bir koʼrinishi sifatida eʼtirof etish mumkin.

Sho'rchi tumanidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʼtkazilgan “Xayr bogʼcha - salom maktab” tadbirida ayni jihatlar haqida yana bir bor toʼxtalib oʼtildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Yurist_maslahati

Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi? Yoki 40+10 holatida to‘lanadimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning
20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

❗️ Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Davlatimiz rahbari vohamizga tashrifi chog‘ida haftaning shanba va yakshanba kunlari Surxondaryo viloyatining tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifini bergan edi. Ota va bobolarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyatini yanada oshirishga qaratilgan tashabbus tez fursatda hayotga tadbiq etilib, ommaviy tarzda tus oldi. Muxbirimiz Angor tumanidagi 24-sonli umumtaʼlim maktabida bo'lib o‘tgan xuddi shunday tadbirlardan hikoya qiladi

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Uzun_tumani

Navbatdagi "Otalar majlisi" boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining 13-mart kuni boʼlib oʼtgan sessiyasidagi taklifiga binoan Uzun tumanidagi 23-maktab binosida Uzun tumani hokimi, muassasa rahbarlari va pedagoglar hamda maktab oʼquvchilarining otalari ishtirokida otalarning farzandlar tarbiyasidagi oʼrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʼzaro munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan “Otalar majlisi” oʼtkazildi.

Yigʼilishlarda otaning farzandiga ilm olishida shart-sharoitlarni yaratib berish, farzand taʼlim-tarbiyasi bilan jiddiy shugʼullanish boʼyicha fikrlar bildirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube