Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

Fotoreportaj:
Sherobod tumanidagi 30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
KUNDALIK.COM TIZIMI BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY SEMINARI O‘TKAZILDI

30-may kuni kundalik.com elektron tizimi Surxondaryo viloyat administratori Xurshid Mirzayev tomonidan Denov tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari kundalik.com elektron tizimi administratorlariga elektron tizimda o‘quv yilini yakunlash, yil yakuni bo‘yicha tizimda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda elektron tizimda hisobotlar bandidan o‘zlashtirish bo'limi orqali yil davomida hisobot yaratib barcha o‘quvchilar baholanganligini ko‘rib chiqish, jurnallarni chop etishda jiddiy e’tiborli bo‘lish haqida tushunchalar berildi.

Yig‘ilishda tuman umumiy o‘rta ta’lim maktablari administratorlari tomonidan berilgan savollarga javob berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining 1-tur jarayonlariga start berildi.

Mazkur turda ishtirokchilar yozma topshiriqlarga javob berishlari kerak bo’ladi.

👉 Shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlar
jonli efirda uzatib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Aziz yurtdoshlar! Termiz shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan siz azizlarni maktabimizga taklif etamiz.

Ochiq eshiklar kunida siz:
Maktab hayoti,
Dars jarayonlari,
To‘garaklar
Sport musobaqalari kabi jarayonlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 1-IYUN
10:00 dan 16:00 gacha
Manzil:
Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy
🏢
Mo'ljal: Termiz arxeologiya muzeyi

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun
:
Telegram bot

4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni maktabimizda kutib qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Mamlakatimizning turli hududlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “xayr bog‘cha - salom maktab” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri Termiz shahridagi 31-MTT da ham bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
OLIMPIADA G’OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

2023-yilning 29-aprel kuni Termiz tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti hamkorligida Surхondaryo viloyatida 11-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika (ingliz tilida) fanidan olimpiada o'tkazilgan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi binosida mazkur olimpiadaning g’oliblari munosib taqdirlandi.

Natijalar quyidagicha:

1 - o'rin - Termiz shahridagi 13-maktab o'quvchisi B.Oydinov;
2 - o'rin - Sho'rchi tumanidagi 9-maktab o'quvchisi O.Ulug'berdiyev;
3 - o'rin - Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi O.Xoliqov.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3