Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"Kasb va yoshlar" oyligida 740 ming nafar bitiruvchi 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi

Bu yil umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9-sinfini 576 ming, 11-sinfni 391 ming nafar o’quvchi tamomladi. Bitiruvchilarni kasblar va kasb o‘qitish muassasalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil aprel-may oylarida "Kasb va yoshlar" oyligi tashkil etildi.

Barcha umumtaʼlim maktablaridan 740 ming nafardan ortiq bitiruvchilar 646 ta professional taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi.

Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Surxondaryolik psixologlar Buxoro shahrida amaliy-seminarda ishtirok etishmoqda

Bugun Buxoro shahridagi “Orom” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida Surxondaryo viloyatidan 10 nafar psixologlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Odam savdosi bo‘yicha tushuncha va uning profilaktikasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🔥1
#Angor_tumani

Oila - jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini

Bugun “Angor Baraka” savdo majmuasida “Oilaviy zo‘ravonlik holatlari va ularning oldini olish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari hamda tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari ishtirok etdi.

Seminarda oilaviy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va uning farzandlar psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bunday vaziyatlarda psixologlarning vazifalari tushuntirib o‘tildi.

Mavzu borasida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Ta'limda boshqaruv: istiqbolli rejalar Surxondaryo misolida

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig’i X.Mamadiyev rahbarligida boshqarma boshlig’i o’rinbosarlari, boshqarmaning tegishli mas’ullari, viloyatdagi 15 ta shahar va tumanlarning Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mudirlari, mas’ul xodimlari, hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, psixolog hamda targ’ibotchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma boshlig’i dastlab tizimda uchrayotgan xato va kamchiliklarni tanqid ostiga olib, ta'limda boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr bildirdi. 

Seminarda joriy o’quv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusida hamjihatlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍101