Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
41.5K subscribers
30.2K photos
2.89K videos
96 files
9.72K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Direktorga qarshi faktlarim" sarlavhasi ostida Termiz tumanidagi 21-umumta'lim maktabidagi qator holatlar bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Mazkur xabar bo'yicha ayni vaqtda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan manzilda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'rganish natijalari yuzasidan rasmiy ma'lumot beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_tv

Maktab o'quvchilari kasbga yo'naltirilmoqda. Jarayonlar Bandixon tumani misolida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Xayr bog'cha - salom maktab

Muzrabot tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri ko'tarinki ruhda nishonlandi.

Bolajonlar ijrosidagi sho'x kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari barchaga birdek manzur bo'ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining xodimlari tomonidan kutubxona ish faoliyati haqida "MUNAVVAR KUN" musiqiy dam olish dasturi orqali batafsil ma'lumot berildi

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
📣 Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғига мурожаатингиз борми? Энди бу янада осон!

❗️Ҳурматли ўқитувчилар, тарбиячилар, ота-оналар!

Энди сиз:
▶️ Дарс жадвалида белгиланган дарс соатларининг ўтилмаслиги;
▶️ Дарс  жадвалида белгиланган фан ўқитувчисининг ўрнига  бошқа фан ўқитувчисининг дарс ўтиши;
▶️ Таълим соҳасида коррупция (турли пул йиғимлари) ҳолатларига дуч келсангиз бошқарманинг ишонч телефон рақамларига ёки телеграм боти орқали мурожаат қилишингиз мумкин.

❗️Мурожаатлар ҳафтанинг душанба-жума кунлари соат 09:00 дан 18:00 га қадар қабул қилинади.

⚡️Сизнинг мурожаатингиз шахсан бошқарма бошлиғи назоратида бўлиб, “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Қонунга асосан, бошқарманинг тегишли мутахассислари томонидан ўрганилади.

ЭСЛAТМA: Ўз тасдиғини топмаган, асоссиз ва ёлғон хабарларни тарқатиш ЎзР МЖТК 202-моддаси 2-банди ва жиноят кодексининг 244-моддаси 6-бандига асосан тегишли тартибда жавобгарликка сабаб бўлади.

ТAЪЛИМ ВA ТAРБИЯГA БAРЧАМИЗ БИРДЕК МAСЪУЛМИЗ!

📍Мурожаат йўллаш учун:
➡️ https://t.iss.one/svmmtb_bot
"Kasb va yoshlar" oyligida 740 ming nafar bitiruvchi 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi

Bu yil umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9-sinfini 576 ming, 11-sinfni 391 ming nafar o’quvchi tamomladi. Bitiruvchilarni kasblar va kasb o‘qitish muassasalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil aprel-may oylarida "Kasb va yoshlar" oyligi tashkil etildi.

Barcha umumtaʼlim maktablaridan 740 ming nafardan ortiq bitiruvchilar 646 ta professional taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi.

Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Surxondaryolik psixologlar Buxoro shahrida amaliy-seminarda ishtirok etishmoqda

Bugun Buxoro shahridagi “Orom” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida Surxondaryo viloyatidan 10 nafar psixologlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Odam savdosi bo‘yicha tushuncha va uning profilaktikasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Oila - jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini

Bugun “Angor Baraka” savdo majmuasida “Oilaviy zo‘ravonlik holatlari va ularning oldini olish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari hamda tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari ishtirok etdi.

Seminarda oilaviy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va uning farzandlar psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bunday vaziyatlarda psixologlarning vazifalari tushuntirib o‘tildi.

Mavzu borasida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube