Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_tumani

Termiz tumanidagi bog‘chada seminar o‘tkazildi

Termiz tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat-xususiy sherikchilik asosida ko‘mirga ixtisoslashgan, markazlashgan isitish tizimlarini joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan tadbirda mutasaddilar davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilingan, kafolat muddati 15 yil bo‘lgan, ko‘mir sarfi va boshqa xarajatlari nisbatan kamxarajat bo‘lgan yangi tipdagi markazlashgan isitish tizimi bilan tanishtirildi.

Viloyat rahbari shuningdek, bog‘chada yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirib, shahar va tumanlar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga markazlashgan isitish tizimlarini joriy etish masalalarida vazifalarni belgilab berdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
#Angor_tumani

Navbatdagi "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi

Prezidentimiz viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida Surxondaryo tajribasi sifatida haftaning shanba va yakshanba kunini “Otalar kuni” sifatida belgilab, ushbu kunlarda otalar o‘z vaqtlarini farzandlari bilan o‘tkazib, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni berib o‘tgan edilar.

Ushbu taklif ijrosi sifatida Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi 14-,24-,45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oilaviy muhitning ijobiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, 2022-2023-o‘quv yilida erishilgan natijalar sarhisobi hamda o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tumanning bir qator mutasaddi tashkilotlari mas’ullari hamkorligida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Umumiy o‘rta-taʼlim maktablarining 9-sinflarini bitirayotgan va kasb-hunar egallashga qiziqqan yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari ham mumkin. Joylarda o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida kasb-hunar maktabida mavjud imkoniyatlar haqida yoshlarga kengroq ma'lumotlar berilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari va barcha xodimlar qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror, Farmon va Farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli qilib ijrosini taʼminlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijobiy hal etilishi holati va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Shuningdek, xodimlarga tartib-intizom yuzasidan tanqidiy ruhda tushuntirishlar berildi. Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🤔1