Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
38.9K subscribers
31K photos
3K videos
96 files
10.1K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Jarqoʻrgʻon_tumani

BILIMDON BOLAJON

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Mercy Corps dasturi doirasida "Kitob o'qiydigan bolalar fikirlaydigan kattalarga aylanishadi " nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ota-onalar hamkorligida bolalarning ilk yoshdan savodxonligini oshirish, gigiyena va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan turli o'yinlarni bolajonlari bilan birgalikda bajarishdilar va suhbat olib bordilar. Tadbir so‘ngida ota-onalar Mercy Corps homiyligida tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurishdi. Ota-onalar Mercy Corps tashkilotiga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Shoʻrchi_tumani

Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida

Xalqimizning asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona vataniga muhabbat, o‘z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o‘tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko‘rsatish singari ezgu fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.

Sho‘rchi tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sho‘rchi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida” shiori asosida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasi olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizning shimoliy hududidagi 6 ta tumandan 550 ga yaqin umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari sinovdan o‘tishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robototexnika
#Seminar_trening

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning robototexnika tog'aragi rahbarlari uchun Termiz shahridagi Prezident maktabida robototexnika bo'yicha amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Robototexnika vositalaridan dars mashg'ulotlarida unumli foydalanish, onlayn platformalarda simulyatsion dasturlar, bolalar uchun qiziqarli bo'lgan fundamental dasturlar, tumandagi maktablarda ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda sifatli ta'limni tashkil etish masalalari taqdimot va amaliy mashg'ulotlar orqali yetkazildi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube