Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.6K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani
#Tabriklaymiz

2023-yil 20-may kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida KARATE DO SHOTOKAN bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq kubogi o'tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabining 2 nafar o'quvchilari: Abdusattorov Muhammad va Jumanazarov Azmiddinlar ham ishtirok etib, faxrli I-o'rinni egalladilar.

Bugun  23-may kuni maktabda sovrindor o'quvchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi yoshlarni qutlaymiz va ularga kelgusida bundanda ulkan zafarlar tilaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради" sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, mazkur xabar yuzasidan Qumqo’rg’on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari tomonidan tumandagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’rganish ishlari olib borildi.

O`rganish jarayonida ma’lum bo’lishicha, 28-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining yuqoridagi murojaatdan xabari yo`q. Xodimlar tashkilotda bunday holatlar qayd etilmaganligi, hech kim ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilinmaganligi, xodimlarning ish haqidan hujjatlar va xona bezaklari uchun mablag’ ushlab qolinmaganligi, maktabgacha ta`lim tashkilotiga noqonuniy, yo`llanmasiz bolalar qabul qilinmaganligi hamda tashkilot direktori S.M. noqonuniy harakatlar sodir etmaganligini bildirib, holat yuzasidan fikr-mulohazalarini o’z qo’llari bilan yozgan tushuntirish xatlarida ham bayon etishgan.

O’rganish davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi hamda tuman prokuraturasiga tashkilot to`g`risida yuqorida aytib o`tilgan noqonuniy harakatlar yuzasidan hech kim murojaat etmaganligi va tashkilot xodimlariga hamda tashkilot direktoriga yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan “intizomiy jazo” choralari qo’llanilmaganligi ham aniqlandi.

❗️ESLATMA: Turli asossiz ma'lumotlar bilan Davlat xizmatchilarini chalg'itish, xizmat vazifasini bajarishga to'sqinlik qilish yoki o'z tasdig'ini topmagan, asossiz hamda yolg'on ma'lumotlar tarqatish qonunchilikka asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan Angor tumanidagi maktab direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va boshqa mas'ullar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda boshqarma boshlig'i maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini yuqori saviyada, ko'ngildagidek o'tkazish, tadbir vaqtida tartib-intizomga rioya etish, o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalarni berib o'tdi.

Shuningdek, yig'ilishda o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, bitiruvchilarning oliy ta'lim dargohlariga kirish ko'rsatkichlarida yuqori natijalarga erishish bo'yicha ham atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK

DENOV TUMАNIDАGI 8-MАKTАBDА SEMINАR OʼTKАZILDI

Davlatimiz rahbari 2023-yil 20-yanvar kuni videoselektor tarzida oʼtkazilgan yigʼilishda 2023-yilda umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasbga oʼrgatish hamda 11-sinfni  “Hayot maktabi” etib belgilash boʼyicha topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun 18-may kuni Denov tumanidagi 8-maktabda ikkita til va bir kasbni oʼrgatish boʼyicha viloyat seminari boʼlib oʼtdi.

Seminarda Denov tumani hokimi va tumandagi barcha  mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari maktabda tashkil etilgan tikuvchilik, parda tikuvchilik, gilamdoʼzlik, duradgorlik ishlari ustasi, quyonchilik kasblari boʼyicha xonalar hamda maktabda ikkita xorijiy til: ingliz va nemis tilini oʼrgatish jarayonlari bilan tanishishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
“KITOBXONLIK FESTIVALI” SAMARQANDDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyda viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

🪩Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan bugungi festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👏Festival doirasida “Kitobxonlar bellashuvi”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

📈“KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 94000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.

🎧Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Denov_tumani

Yoshlar kasb-hunarga yo'naltirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106 son farmonining 3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchi-yoshlari "Denov ishga marhamat monomarkazi" ga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o'quvchilar monomarkaz faoliyati, kasb-hunar o'rgatish jarayonlari bilan tanishtirildi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislaridan javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube