#Boysun_tumani
Kitob va kitobxonlik - inson ma'naviyatining ko'zgusi
Joriy yilning 27-aprel kuni Sho‘rchi tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Angor va Boysun tumanlarini “O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish” yuzasidan namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.
Boysun tumanidagi 2-son xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi, Boysun tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda Boysun tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida "O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni oshirish"ga bag'ishlangan o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

RASMIY MUNOSABAT
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog'ida “Денов туман Мактабгача таълим булимида мисли курилмайдигон талон- тарожликлар руй бермокда” sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Denov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bergan ma’lumotlarga ko’ra, 2022-yilning sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylari uchun tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining xarajatlar smetasida oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun budjetdan pul mablag‘lari ajratilmaganligi sababli budjet mablag‘laridan qarzdorlik yuzaga kelgan. Lekin, ota-onalar badal to‘lovidan to‘langan mablag‘lar o‘z vaqtida ta’minotchi tashkilotlarga o‘tkazib berilgan.
Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limida shartnomalarni imzolash bosh hisobchi M.Xolmurodov vakolatiga kirmaganligi sababli har bir shartnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, shartnoma asosida kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat zaxirasi bo’yicha belgilangan tartibda mahsulotlar olingan va ta’minotchi tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan.
2021-yil 14-may kuni “Birja ta’minot” MCHJ va maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasida 336146-sonli elektron shartnoma imzolangan. Shartnomaga asosan 41 dona “Konteyner” xarid qilingan.
Ushbu konteynerlarning 20 donasi tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarqatilgan. Qolgan 21 donasi maktabgacha ta’lim bo‘limining omborxonasida omborchi hisobida saqlanmoqda. Ushbu konteynerlar ehtiyoji mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarqatiladi.
2022-yilda “Sharofiddinbonu Nargiza” xususiy korxonasidan 54421-sonli elektron shartnoma bilan 350 dona choyshab olingan. Maktabgacha ta’lim bo‘limi omborxonasida qoldiq saqlangan 1013 dona jami 1363 dona choyshablar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hujjat asosida berilgan.
2022-yilda “Idish kvadrat” MCHJ bilan tuzilgan 299519-sonli elektron shartnoma asosida 20-yanvar kuni 1300 dona kosa, 1300 dona lagan, 1300 dona stakan, 1300 dona likopcha, jami 5200 dona idish-tovoq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hujjat asosida berilgan.
2022-yilda maktabgacha ta’lim bo‘limi va “GREAT@UX PHARM” MCHJ o'rtasida tuzilgan elektron shartnomaga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 14 turdagi jami 6 900 000 so‘mlik 2551 quti dori-darmon berilgan.
2022-yilda maktabgacha ta’lim bo‘limi va “Pokiza sifat Nur” MCHJ bilan tuzilgan elektron shartnomaga asosan 2400 dona sovun, 2400 dona kir yuvish kukuni va 100 dona tozalash vositasi olinib, to‘liq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarqatilgan.
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qurilish materiallari sotib olish uchun 2022-2023-yillar xarajatlar smetasiga mablag‘ rejalashtirilmagan va qurilish mahsulotlari sotib olinmagan. Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari Davlat dasturi asosida amalga oshirilgan. Davlat dasturi asosida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘larni xarajat qilish tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh hisobchisi M.Xolmurodov vakolatiga kirmaydi.
Tumandagi mavjud ishlayotgan 41 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 22 tasi 2022-2023-yil kuz-qish mavsumida gaz bilan,
19 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti esa ko‘mir bilan isitilgan. Jami 315 tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratilib, kuz-qish mavsumi betalofat o‘tkazilgan.

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
#Qumqoʻrgʻon_tumani
“Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali
Qumqo’rg’on tumani “Yangiyer” mahallasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi, Kakaydi qo’rg’onidagi harbiy qism, tuman mudofaa bo’limi, sariq va qizil toifadagi hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar festivalida tuman hokimi so’zga chiqib yurtboshimiz tomonidan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini e’tirof etdi va fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallagan, muddatidan ilgari o’qishga kirgan o’quvchi yoshlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo’limi tomonidan turli xildagi chiqishlar, kuy qo’shiqlar kuylandi va yoshlarga ko’tarinki kayfiyat ulashildi.

⚡️RASMIY MUNOSABAT
Telegram tarmog'idagi @SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston kanalida “Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради” sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:
Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, hozirda ushbu xabar yuzasidan tuman Prokuraturasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ish bo'yicha to'plangan ma'lumotlar asosida to'liq rasmiy xabar beriladi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.