Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Oltinsoy_tumani

Navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi      

Oltinsoy tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida "Otalar majlisi"  bo'lib o'tdi. Majlisda  o'quv yili davomida erishgan yutuqlar va kamchiliklar e'tirof etilib, sinfda bilimi, salohiyati bilan boshqalarga o'rnak bo'lib kelayotgan o'quvchilarning otalariga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek yig'ilishda o'quvchilar tomonidan  "Dadamga maktub" nomli tadbir va psixologlar tomonidan "Siz qanday ota?" nomli so’rovnoma ham tashkil etildi. So'rovnomaga otalar juda qiziqish bilan yondashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Hunarlining hunari murodiga yetkazar

Oltinsoy tumanidagi "Hayrondara" mahallasi hududida joylashgan 34-sonli umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va boshqalar ishtirok etishdi.

Seminarda tumandagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha mas'ullari ta'lim muassasasida o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish yuzasidan tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatiga oid ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Seminarda faol ishtirok etgan maktab o‘quvchilari tadbir yakunida rag‘batlantirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev va boshqarma vakillari Oltinsoy tumanidagi 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, manzildagi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'lim-tarbiya sifati o‘rganildi. Kichkintoylar bilan bo‘lgan samimiy suhbat davomida tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini namoyish etishdi.

Boshqarma boshlig‘i maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariyatiga dargohda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, farzandlarimiz kelajagi uchun astoydil xizmat qilish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kun_hikmati

Hayotda uch narsani ehtiyot qilib ishlating:

–Qadamni;

–Qalamni;

–Qasamni.

Uch narsani ishga soling:

–Aqlni;

–Himmatni;

–Sabrni.

Arastu

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Qumqoʻrgʻon_tumani

O’smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha tadbir bo’lib o’tdi

Qumqo’rg’on tumani “Alpomish” sport o’yingohida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlashga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Unda tumandagi qizil toifaga kiritilgan yoshlar, maktab o’quvchilari va harbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida Janubiy operativ qo’mondonligining harbiy orkestr jamoasi, Kakaydi qo’rg’onidagi harbiy qismning qo’l jangi bo’yicha qatnashuvchi guruhi, Hayrobot qo’rg’onidagi harbiy qismning bayroqdor va faxriy qorovul guruhi hamda milliy gvardiya ishtirokida yoshlarga qurol-aslaha, texnikalar hamda jangovor sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube