#Qiziriq_tumani
HOKIM VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
Qiziriq tumani bitiruvchi yoshlarining kelajakdagi orzu-umidlari, ularni qiynab kelayotgan muammolari haqida suhbatlashish uchun bugun Qiziriq tuman Pedagogika kolleji binosi hamda "Yangi hayot" madaniyat uyi binosida tuman hokimi Sh.Rajabov tashabbusi bilan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda Sh.Rajabov yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, islohotlar haqida to‘xtalib, bitiruvchi yoshlarning kelajakda yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan bilimli kadr bo‘lib yetishishlarida omad tiladi.
So‘ng hokim bitiruvchi yoshlarning orzu-umidlari, maqsadlari haqida dildan suhbatlashdi Ayrim bitiruvchilar talaba bo‘lish qatorda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi borligini va tadbirkorliklarini boshlashda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilishdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

#Shoʻrchi_tumani
UCH AVLOD UCHRASHUVI - IBRATLI MAKTAB NAMOYISHI
Sho'rchi tumanining “Tamaddun”, “Oftobmakon” mahallalarining mehnat faxriylari va yoshlari ishtirokidagi "Uch avlod" uchrashuvi 42-umumtaʼlim maktabida o‘tkazildi.
Tadbirda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos xususiyatlar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida samimiy fikrlarini bildirishdi.
Uchrashuv davomida nuroniylar va yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Uchrashuv davomidagi suhbatlar bir piyola choy ustida davom etdi.

#Angor_tumani
“O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish” mavzusida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 27-aprel kuni Sho‘rchi tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Angor va Boysun tumanlarini “O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish” bo‘yicha namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi Qosim Mardonov, sektor rahbarlari, maktab direktorlari, kutubxona mudiralari va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Dastlab maktab faoliyati bilan tanishdilar. O‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Yakunda faol ishtirok etgan kutubxonachilar hamda o‘quchilarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.