Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Denov_tumani

Otalar - oila tayanchi

Bugun barcha hududlar qatori Denov tumanidagi umumta'lim maktablarida ham "Otalar yig‘ilishlari" o‘tkazildi.

Yig‘ilishlar davomida farzand tarbiyasi va ta'limiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi. Qolaversa, o‘zaro fikr almashilib yoshlarni kasb-hunarga, chet tillarini o‘rganishga yo‘naltirish yuzasidan so‘z yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

Hududlarda Xalqaro oila kuni keng nishonlanmoqda

Bugun Denov tumanidagi 22-umumta'lim maktabida Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir "Oilam uchun o‘zim tayyorlagan sovg‘a" mavzusida bo‘ldi va bunda o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan oila a'zolari uchun sovg‘alar tayyorlashdi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan sovg‘alar baholanib, munosiblar taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4
#Kun_hikmati

Nodonlardek yuzlab so'zni qilmagil qator,
Dono ersang, bir so'z degil, lekin ma'nodor.

Shayx Sa'diy

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

GULXAN ATROFIDA – YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔰 Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda yoshlar — Yangi O‘zbekistonning uchinchi renessans poydevori hisoblanishadi. Shuning uchun ham yurtimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga chiqqan bo‘lib, bugungi kunda ular bilan manzilli ishlashning yangicha tizimi joriy qilinmoqda.

✍️ Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ular bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida gulxan atrofida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔥 Yoshlarni bir gulxan atrofida birlashtirgan ushbu kechada oʻquvchilar va yoshlar tomonidan sheʼrxonlik tadbirlari, raqs, kuy-qoʻshiqlar ijro qilindi hamda sport oʻyinlari oʻtkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani

"Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i", - Shavkat Mirziyoyev.

Umumta'lim maktablarida 2 ta til va 1 ta kasb-hunarni yoshlarga o'rgatish bo'yicha Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida "Pazandachilik" to'garagi faoliyat yuritmoqda. To'garakda o'quvchi qizlar pazandachilik sirlarini o'rganishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👎2👍1
#Uzun_tumani

Navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi

Uzun tumanidagi 2-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi "Otalar yig‘ilishi"da tuman 4-sektor rahbari, maktab rahbariyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, ularni til o‘rganishga, kasb-hunar egallashga yo‘naltirish bo‘yicha so‘z yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2