Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
42.8K subscribers
30.3K photos
2.91K videos
96 files
9.77K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
MAKTABDAGI TA'LIM JARAYONLARI YAQINDAN O'RGANILDI

Bugun, 13-may kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev Sariosiyo tumanining “Shahriobod” mahallasida joylashgan 67-umumta’lim maktabida bo’ldi. Boshqarma boshlig’I dastlab maktabda o’quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun yaratilgan sharoitlar, o’qituvchilarning faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot o’rnida, 67-umumta’lim maktabi 1995-yilda qurilgan bo’lib, 2016-yilda maktab uchun yana qo’shimcha bino barpo etilgan. Bugungi kunda maktabda 26 nafar pedagoglar 221 nafar o’quvchi yoshlarga 2 navbatda ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Joriy o’quv yilida mazkur ta’lim muassasasini 18 nafar 11-sinf o’quvchilari yakunlashadi.

X.Mamadiyev o’rganish davomida maktabdagi o’qituvchilar hamda o’quvchilar bilan suhbatda bo’lib, o’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash, oliy ta’limga kirish darajasini oshirish va boshqa masalalarda o'zining taklif va tavsiyalarini berib o’tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik bosqichi yakunlandi

Kecha Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik(final) bosqichiga start berilgan edi. Ikki kun mobaynida davom etishi belgilangan olimpiadalarda o’quvchilar dastlab matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda science fanlari bo’yicha yozma ishlar topshirishdi.

Olimpiadaning 2-kunida esa ishtirokchilar test hamda laboratoriya ishida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Olimpiada ochiq va shaffof tarzda o'tkazildi.

O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
OTALAR – OILA TAYANCHI

Bugun, 13-may kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev Denov tumanidagi
8-sonli umumta’lim maktabida bo’lib, manzilda tashkil etilgan navbatdagi “Otalar yig’ilishi”da ishtirok etdi.

Yig’ilishda boshqarma boshlig’i farzand tarbiyasida oiladagi muhitning, ayniqsa otaning roli muhim ekanligini ta’kidlab, Majlisga yig’ilgan ota-onalardan farzandlarining ta’limi va tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishlarini so’radi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
“Otalar yig’ilishi” farzandlari kelajagiga befarq bo’lmagan ota-onalarni jamlamoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida haftaning shanba, yakshanba kunlari Surxondaryo viloyati tajriba sifatida "Otalar qabul kuni" boʼlishi taklifi berilgan edi.

Shunga muvofiq bugun, Angor tumanidagi umumtaʼlim maktablarida "Otalar yigʼilish"lari tashkil etildi.

Yigʼilishlarda oʼsib kelayotgan yosh avlodning taʼlim-tarbiyasida oiladagi muhitning ahamiyati, otalarning farzand oldidagi masʼuliyati haqida soʼz yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal| (GAVHAR JUMAYEVA I MATBUOT KOTIBI)
Ota farzandiga beradigan eng yaxshi hadya – tarbiya

Bugun Angor tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning otalari ishtirokida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Qosim Mardonov, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning otalari ishtirok etdi.

Tuman hokimi turli illatlardan farzandlarni asrash, ularning kelajakda barkamol inson bo‘lib o‘sishlarida, albatta, otalarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, otalarga o‘qituvchilar tomonidan maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar, to‘garaklar, ularning vaqtlari bo‘yicha ham aniq ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida iqtidorli, bilimli o‘quvchilarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/athmx

✍🏻 Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

📱Telegram 🌐Facebook  🎞 YouTube 🌐 Web-site