Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
MAKTABDAGI TA'LIM JARAYONLARI YAQINDAN O'RGANILDI

Bugun, 13-may kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev Sariosiyo tumanining “Shahriobod” mahallasida joylashgan 67-umumta’lim maktabida bo’ldi. Boshqarma boshlig’I dastlab maktabda o’quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun yaratilgan sharoitlar, o’qituvchilarning faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot o’rnida, 67-umumta’lim maktabi 1995-yilda qurilgan bo’lib, 2016-yilda maktab uchun yana qo’shimcha bino barpo etilgan. Bugungi kunda maktabda 26 nafar pedagoglar 221 nafar o’quvchi yoshlarga 2 navbatda ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Joriy o’quv yilida mazkur ta’lim muassasasini 18 nafar 11-sinf o’quvchilari yakunlashadi.

X.Mamadiyev o’rganish davomida maktabdagi o’qituvchilar hamda o’quvchilar bilan suhbatda bo’lib, o’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash, oliy ta’limga kirish darajasini oshirish va boshqa masalalarda o'zining taklif va tavsiyalarini berib o’tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik bosqichi yakunlandi

Kecha Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik(final) bosqichiga start berilgan edi. Ikki kun mobaynida davom etishi belgilangan olimpiadalarda o’quvchilar dastlab matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda science fanlari bo’yicha yozma ishlar topshirishdi.

Olimpiadaning 2-kunida esa ishtirokchilar test hamda laboratoriya ishida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Olimpiada ochiq va shaffof tarzda o'tkazildi.

O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
OTALAR – OILA TAYANCHI

Bugun, 13-may kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev Denov tumanidagi
8-sonli umumta’lim maktabida bo’lib, manzilda tashkil etilgan navbatdagi “Otalar yig’ilishi”da ishtirok etdi.

Yig’ilishda boshqarma boshlig’i farzand tarbiyasida oiladagi muhitning, ayniqsa otaning roli muhim ekanligini ta’kidlab, Majlisga yig’ilgan ota-onalardan farzandlarining ta’limi va tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishlarini so’radi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3👏1
“Otalar yig’ilishi” farzandlari kelajagiga befarq bo’lmagan ota-onalarni jamlamoqda

OĘĽzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida haftaning shanba, yakshanba kunlari Surxondaryo viloyati tajriba sifatida "Otalar qabul kuni" boĘĽlishi taklifi berilgan edi.

Shunga muvofiq bugun, Angor tumanidagi umumtaĘĽlim maktablarida "Otalar yigĘĽilish"lari tashkil etildi.

YigĘĽilishlarda oĘĽsib kelayotgan yosh avlodning taĘĽlim-tarbiyasida oiladagi muhitning ahamiyati, otalarning farzand oldidagi masĘĽuliyati haqida soĘĽz yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1