Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Denov_tumani

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Bugun 12-may kuni Denov tumanidagi 82-maktabning faollar zalida tumandagi barcha maktab direktorlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.

Yig‘ilishga Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti, 2-darajali yurist Faxriddin Botiraliyevich Madaminov taklif qilinib, O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati va unda inson qadri tamoyillarining muhim ahamiyat kasb etganligi, bunda ta'lim sohasi alohida e'tiborga olinib, davlat uzluksiz ta'lim tizimini ta'minlashi haqida atroflicha ma'lumot berib o‘tildi. Yig’ilish davomida yig'ilganlar bilan o'zaro fikr almashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir

Bugun 12-may kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Denov tuman bo'linmasi tashabbusi bilan tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida "Ma`naviyat va notiqlik san`ati" mavzusida seminar trening o’tkazildi.

Mazkur seminarda Denov tumani hokimi, Notiqlik san`ati akademiyasi rahbari R.Jumaniyozov hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi Denov tuman bo'linmasi rahbari T.Turdiyevlar ishtirok etishdi.

Seminarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, Yangilanayotgan O`zbekiston va ta`lim muassasalarida ma`naviyatning o`sishi haqida so‘z yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Аyni kunlarda professional taʼlim muassasalarida «kasb va yoshlar» shiori ostida ochiq muloqot urashuvlari boʼlib oʼtmoqda. Bitiruvchi yoshlarning ilm-fan va kasb-hunarga boʼlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ana shunday tadbir Qumqoʼrgʼon tumanidagi 2 son kasb-hunar maktabida tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

O'QUVCHILAR BILAN SAMIMIY SUHBAT O'TKAZILDI

❇️ Bugun Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida filologiya fanlari nomzodi, "Antik dunyo" Xalqaro fanlar akademiyasining akademigi va ajoyib notiq Rahimboy Jumaniyozov bilan o'quvchilar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔻 Suhbat davomida ustoz so‘z san’atining nozik taraflarini o'quvchilarga savol-javoblar, har xil aforizm va rivoyatlar orqali yuksak darajada namoyon qildi. O‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish, uni o‘z o‘rnida aniq, lo‘nda va ta’sirchan qo‘llash usullari haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi hamda tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar ustoz Rahimboy Jumaniyozovning esdalik kitoblariga sazovor bo‘lishdi.

🔹 Shuningdek, faxriy mehmon maktab-internat faoliyati va bu maskanda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Oltinsoy_tumani

KASB-HUNAR MAKTABIDA “KASB VA YOSHLAR” FESTIVALI O‘TKAZILDI

Bugun, Oltinsoy tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirokida “Kasb va yoshlar” festivali o‘tkazildi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad, o'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirishdan iborat.

Festival davomida o'quvchilar kasb-hunar maktabida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan turli yo'nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda (1-kun)

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik(final) bosqichi bo'lib o'tdi.

Olimpiadada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda science fanlari bo’yicha hududiy bosqich g’oliblari ishtirok etishdi.

Olimpiada jarayonlarini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev ham bevosita kuzatib, o’quvchi yoshlarga omad tiladi. Olimpiada ochiq va shaffof tarzda o'tkazildi.

Olimpiada yakuni bo'yicha natijalarni quyidagi manzil orqali bilib olishingiz mumkin:

Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

📖Batafsil👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube