Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
ZAMONAVIY MAKTABDA SIFATLI TAʼLIM

Har bir ota-ona farzandining taʼlim sifati va shart-sharoiti yuqori maktabda tahsil olishini istaydi. Qolaversa, o‘ziga xos tajribali va shirinso‘z ustozlardan fan sirlarini o‘rganish har bir o‘quvchini taʼlim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Fan sirlarini o‘rganish bilan bir qatorda to‘garaklar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 53-umumtaʼlim maktabi tumanimizning “Yalti” mahallasida joylashgan. Adolat Safarova rahbarlik qilayotgan umumtaʼlim maktabida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Zero yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlari va kuch-quvvatlarini namoyon etishi va rivojlantirishlari uchun sharoitlarning yangi ufqlari ochildi. Ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarga bugun ko‘pchilikning havasi keladi.

✍🏻Sho‘rchi tumani hokimligi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook 🎞 Youtube 🌍Web-site  📸Instagram Twitter
👍2👏1
🔰 YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

🔹 Bugun Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev Boysun tumanida bo'lib, tumandagi barcha maktab direktorlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlari hamda ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ‘ibotchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔸 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati va unda inson qadri tamoyillarining muhim ahamiyat kasb etganligi, bunda ta'lim sohasi alohida e'tiborga olinib, davlat uzluksiz ta'lim tizimini ta'minlashi haqida atroflicha ma'lumot berilib, yig'ilganlar bilan o'zaro fikr almashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
X.Mamadiyev: Ta'lim sifatini oshirish asosiy vazifamiz bo'lishi lozim!

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev Boysun tumanidagi 45-sonli umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 O'rganish davomida maktabda darslarning sifatli tashkil qilinganlik holati, o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash hamda bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kamchiliklar yuzasidan fikr yuritib, maktab rahbariga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berib o'tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
O'rganish davomida Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyevning navbatdagi manzili Boysun tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabi bo'ldi.

🔸 Boshqarma boshlig'i ta'lim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishib, maktabda ta'lim-tarbiya jarayonlarini zamonaviy metodikalar yordamida sifatli tashkil qilish, o'quvchilarning darsdan bo'sh vaqtlarida til o'rganishlari, kasb egallashlari uchun tashkil qilingan to'garaklar faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, shuningdek maktab hududini obobdonlashtirish bo'yicha tegishli ko'rsatma va tavsiyalarini berib o'tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G'oliblar taqdirlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining ilk g‘oliblari aniqlandi. Matematika fani yo'nalishi bo'yicha olimpiadaning dastlabki 1-,2-,3-o‘rin sohiblari saralandi.
Mazkur bilimlar bellashuvida g'oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar grant asosida TISU talabasi bo‘lish imkonini beruvchi imtiyozli sertifikat va pul mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l You Tube
👍1
XALQARO OILA KUNI NISHONLANDI

Bugun Termiz shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’limi tashkilotida “15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” ko’rik tanlovi, “Oyim, dadam va men",  “Oilam uchun men o’z qo’lim bilan tayyorlagan sovg’am” qo’l mehnati tanlovi o’tkazildi.

Tadbirda tarbiyalanuvchilar faollik ko'rsatib berilgan mavzularda turli suratlar chizishdi. Mazkur tadbir orqali bolajonlarga oila muqaddas ekanligi tushuntirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
1👍1