Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.7K subscribers
27.7K photos
2.61K videos
91 files
8.94K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’limi tashkilotida “15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹 Tadbir doirasida “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” ko’rik tanlovi, “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri, “Oyim, dadam va men sportchilarmiz” sport musobaqasi hamda “Oilam uchun men o’z qo’lim bilan tayyorlagan sovg’am” qo’l mehnati tanlovi o’tkazildi.

🔻 Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlagan chiqishlar, kuy-qo'shiqlar va bolalarning o'zlari tomonidan yasalgan qo’l mehnati namunali ota-onalar va tadbir mehmonlari tomonidan yuksak baholandi. Ushbu tadbir bolajonlarda chuqur taassurotlar qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#DGContest
#Final

⚡️⚡️Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichiga oz qoldi!

✔️ Musobaqaning final bosqichi ertaga, 11-may kuni soat 12:00 da bo’lib o’tadi.

📍Manzil:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.

👉 Ma’lumot uchun, tanlovning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, 2-bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan ishtirokchilar ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/DG-Contest-05-09

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Matematika fanidan Surxandaryo viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari

⚡️ Joriy yilning 29 aprel kuni Surxandaryo viloyatida matematika fanidan (ingliz tilida) boʻlib oʻtgan Toshkent shahridagi Adju universitetining fan olimpiyadasida jami 137 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.

Bugun fan olimpiyadasi natijalari Koreyalik professorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlandi.

🏆 Fan olimpiyadasi gʻoliblari Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 80 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va A-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.

💥 Olimpiyada ishtirokchilardan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar universitetga kontrakt-shartnoma miqdorining 50 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va B-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

💐 Barcha gʻolib va yuqori ball olgan oʻquvchilarni tabriklaymiz, zamonaviy kasblar makoni Toshkent shahridagi Adju universitetiga taklif qilib qolamiz.

————————————

🧮 Results of the Science Olympiad in Mathematics in the Surkhandaryo region

⚡️ On April 29, about 137 pupils of the Surkhandaryo region took part in the Science Olympiad in mathematics.

Today, the results of this Science Olympiad were confirmed by Korean professors.

🏆 Award-winning pupils have the right to study at AUT without an entrance exam on the basis of an A-type scholarship with an 80 percent discount from the tuition fee.

💥 High-scoring Olympiad participants were able to enter the university without an entrance exam on the basis of a B-type scholarship with a 50 percent discount on the tuition fee.

💐 We congratulate all the winners and students who got high results, and we welcome you to AUT.

📲 University Press Service
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surhandaryo viloyati natijalari.pdf
177.2 KB
🎥 Surxandaryo viloyati bo'yicha Fan Olimpiadasi natijalari

🎥 Results of Science Olympiad of Surkhandaryo region
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏆"WMI World Mathematics Invitational" Xalqaro Matematika Olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi Abdusalomova Nilufar Termiz shahrida o'tkazilgan "World Mathematics Invitational" Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medal sohibasi bo‘ldi hamda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

❗️Eslatib oʻtamiz olimpiadaning keyingi bosqichi Koreyada boʻlib oʻtadi.

⚡️ Nilufarga olimpiadaning keyingi bosqichida omad tilab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
O‘QUVCHILARNI KASBGA O‘RGATISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR O'TKAZILDI

Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan 2023-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Bandixon tumanidagi 17-sonli Matematika fani chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda “O‘quvchilarga kasb o‘rgatish tizimini tashkil etish” mavzusidagi ko‘rgazmali amaliy seminar o’tkazildi.

Tadbirda viloyatdagi barcha tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ullari hamda Bandixon tumanidagi barcha maktablarning psixologlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bandixon tumani “O‘quvchilarga kasb o‘rgatish bo‘yicha namunali hudud” etib belgilanganligi sababli tumandagi barcha maktablarda bu yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi istiqbolli vazifalar belgilandi.

🖊Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#kitobxonlik_haftaligi

📚 KITOB – BIZNI BIRLASHTIRADI

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida Angor va Boysun tumanlarida "O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni oshirish"ga bag'ishlangan Kitobxonlik haftaligi o'tkazilmoqda.

📚📚📚Haftalik doirasida Angor tumanidagi umumta'lim maktablarida Kitobxonlik tadbirlari, She'rxonlik kechalari, Yosh ijodkorlar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda, o'quvchi yoshlar tomonidan sevib mutolaa qilingan badiiy asarlari haqida qiziqarli so'rovnomalar o'tkazilmoqda.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site