Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.8K subscribers
28K photos
2.65K videos
91 files
9.05K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔰 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI SOGʻLOM VA SIFATLI OVQATLANTIRISH – MUHIM VAZIFA

🔹Bugun Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi  boshqarmasida viloyatdagi shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limlarining masʼul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

💫Seminar davomida joriy yilning 23-mart kuni Adliya vazirligida roʻyhatdan oʻtkazilgan "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishiga oid gigiyena talablari"ga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 626-sonli qarorining ijrosi boʻyicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning endilikda amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalari belgilab berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ХАЛҚ НАЗОРАТИ—НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ guruhida "Sariosiyo tumanidagi 67-umumta'lim maktabida turli xil sabablar bilan o'qituvchilardan pul yig'ish holatlari kuzatilganligi" yuzasidan joylangan audio yozuv yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Ushbu holat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan yaqindan o'rganildi.

O'rganish natijalariga ko'ra, audio yozuvda so'z yuritgan fuqaro M.N Sariosiyo tumanidagi 67-sonli umumta'lim maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borishi, aslida esa ushbu maktab direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi B.M ekanligi aniqlandi.

Yig'ilish davomida direktor o'rinbosari tomonidan noto'g'ri topshiriq berilishiga yo'l qo'yganligi sababli, maktab direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi B.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi fuqaroning o'z arizasiga binoan bekor qilinib, maktab direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari M.N ga nisbatan "Xayfsan" intizomiy chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rahbariyati tomonidan maktab ta'miri yoki boshqa maqsadlarda o'qituvchilardan pul yig'ish bo'yicha topshiriq berilmagan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Bugun Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’limi tashkilotida “15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹 Tadbir doirasida “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” ko’rik tanlovi, “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri, “Oyim, dadam va men sportchilarmiz” sport musobaqasi hamda “Oilam uchun men o’z qo’lim bilan tayyorlagan sovg’am” qo’l mehnati tanlovi o’tkazildi.

🔻 Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlagan chiqishlar, kuy-qo'shiqlar va bolalarning o'zlari tomonidan yasalgan qo’l mehnati namunali ota-onalar va tadbir mehmonlari tomonidan yuksak baholandi. Ushbu tadbir bolajonlarda chuqur taassurotlar qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#DGContest
#Final

⚡️⚡️Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichiga oz qoldi!

✔️ Musobaqaning final bosqichi ertaga, 11-may kuni soat 12:00 da bo’lib o’tadi.

📍Manzil:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.

👉 Ma’lumot uchun, tanlovning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, 2-bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan ishtirokchilar ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/DG-Contest-05-09

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Matematika fanidan Surxandaryo viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari

⚡️ Joriy yilning 29 aprel kuni Surxandaryo viloyatida matematika fanidan (ingliz tilida) boʻlib oʻtgan Toshkent shahridagi Adju universitetining fan olimpiyadasida jami 137 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.

Bugun fan olimpiyadasi natijalari Koreyalik professorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlandi.

🏆 Fan olimpiyadasi gʻoliblari Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 80 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va A-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.

💥 Olimpiyada ishtirokchilardan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar universitetga kontrakt-shartnoma miqdorining 50 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va B-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

💐 Barcha gʻolib va yuqori ball olgan oʻquvchilarni tabriklaymiz, zamonaviy kasblar makoni Toshkent shahridagi Adju universitetiga taklif qilib qolamiz.

————————————

🧮 Results of the Science Olympiad in Mathematics in the Surkhandaryo region

⚡️ On April 29, about 137 pupils of the Surkhandaryo region took part in the Science Olympiad in mathematics.

Today, the results of this Science Olympiad were confirmed by Korean professors.

🏆 Award-winning pupils have the right to study at AUT without an entrance exam on the basis of an A-type scholarship with an 80 percent discount from the tuition fee.

💥 High-scoring Olympiad participants were able to enter the university without an entrance exam on the basis of a B-type scholarship with a 50 percent discount on the tuition fee.

💐 We congratulate all the winners and students who got high results, and we welcome you to AUT.

📲 University Press Service
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surhandaryo viloyati natijalari.pdf
177.2 KB
🎥 Surxandaryo viloyati bo'yicha Fan Olimpiadasi natijalari

🎥 Results of Science Olympiad of Surkhandaryo region
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏆"WMI World Mathematics Invitational" Xalqaro Matematika Olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi Abdusalomova Nilufar Termiz shahrida o'tkazilgan "World Mathematics Invitational" Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medal sohibasi bo‘ldi hamda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

❗️Eslatib oʻtamiz olimpiadaning keyingi bosqichi Koreyada boʻlib oʻtadi.

⚡️ Nilufarga olimpiadaning keyingi bosqichida omad tilab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
O‘QUVCHILARNI KASBGA O‘RGATISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR O'TKAZILDI

Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan 2023-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Bandixon tumanidagi 17-sonli Matematika fani chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda “O‘quvchilarga kasb o‘rgatish tizimini tashkil etish” mavzusidagi ko‘rgazmali amaliy seminar o’tkazildi.

Tadbirda viloyatdagi barcha tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ullari hamda Bandixon tumanidagi barcha maktablarning psixologlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bandixon tumani “O‘quvchilarga kasb o‘rgatish bo‘yicha namunali hudud” etib belgilanganligi sababli tumandagi barcha maktablarda bu yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi istiqbolli vazifalar belgilandi.

🖊Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube