Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
“AQLVOY” MOBIL AVTOBUSLARI HUDUDLARGA YETKAZILDI

Surxondaryo viloyatining Qumqo’rg’on, Denov, Bandixon hamda Oltinsoy tumanlaridagi qamrov darajasi past bo’lgan hududlar uchun ajratilgan “Aqlvoy” mobil avtobuslari bugun o’z manzillariga tantanali ravishda yetkazildi.

Tadbirlar davomida nuroniylar, katta-yu kichik yurtimiz o’g’il-qizlari uchun yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu 4 ta mobil bog’chalar hisobiga hududlarda 24 ta guruhga 384 nafar bolalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinishiga erishiladi.

🖊Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Yangi O'zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimini samarali isloh qilishdan boshlanadi

Xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev bugun Bandixon tumanidagi ta’lim muassasalarida o’rganish ishlarini olib bordi.
O’rganish davomida boshqarmа boshlig’i Bandixon tumani hokimi A.Allamurodov bilan uchrashib, tumanda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, maktablarning moddiy-texnika bazasini yanada boyitish, qolaversa, o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida hamkorlikda olib boriladigan chora-tadbirlar yuzasidan istiqbolli g’oyalarni ilgari surdi.

Shuningdek, X.Mamadiyev tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda targ’ibotchilar bilan o’tkazilgan yig’ilish davomida sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni e’tirof etib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularga to’g’ri yo’nalish berish bo’yicha fikr-mulohaza yuritdi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar yukladi.

🖊Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi 👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Xotira va qadrlash kuni" keng nishonlandi

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Kuni kecha Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira mangu" shiori ostida ma'naviy -ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 36691-harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriy mehmonlar, Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, mahalla oqsoqollari hamda o'quvchilar ishtirok etdilar.

O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, raqs, kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
#tarqating

Ta'lim muassasalarida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan pul mablag‘larini yig‘ish qat'iyan taqiqlanadi.

Agarda Siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining +99876-227-35-45 ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo'lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi.

Qadrli hamyurtlar!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan siz azizlarga, qadrli urush va mehnat faxriylariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik, dasturxonlaringizga to’kinlik hamda barcha ezgu niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlaringizda zafar hamisha yor bo’lsin!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "ISHONCH" TV 🔵 RASMIY (Abror Mamarahimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хотира абадий, инсон қадри азиз!

Сурхондарёда "Хотира ва қадрлаш куни" кенг нишонланмоқда.

Бизнт кузатишда давом этинг:
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_ishonch_tv
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Bugun vohamizda "9-may-Xotira va qadrlash kuni" keng nishonlandi.

Termiz shahrida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev boshchiligida boshqarma jamoasi ham faol ishtirok etib, ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi va motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Tadbir davomida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va mardlik namunalarini o‘zida mujassam etgan badiiy chiqishlar, harbiy ko‘rgazmalar ham namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube