Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi saralandi

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023)
da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

35-Xalqaro Olimpiada (IOI 2023) 28-avgustdan 4-sentabrga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Unda:

1️⃣ Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Asilbek Sunnatov — Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Otabek Jurabekov — Toshkent shahar, Mirobod tumani, "Profi School" maktabi, 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etadi.

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023) haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing 👉https://ioi2023.hu/

Eslatib o'tamiz ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga xalqaro trener informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilingan edi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
Bolajonlar quvonchi cheksiz!

Avval xabar berganimizdek “Pasurxi” mahallasida joylashgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan Investitsiya dasturi asosida qiymati 4 mlrd. 153 mln. so‘mlik bo‘lgan 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan edi.

Ayni vaqtda “Pasurxi” mahallasida 200 nafarga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Bugun 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Tuman hokimi B.Shukurov ushbu davlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayonlari hamda ishchi xodimlar bilan suhbatda bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki amalga oshirilgan islohotlar natijasida Boysun tumanida jami 120 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan uch yilga nisbattan 89 taga ko‘p degani.

Shuningdek ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋 😉 Barchaga salom!
Bizda 2 ta yangilik bor, ikkalasi ham xushxabar!
Birinchidan, FEE Ekologik ta’lim fondi (Daniya) O‘zbekistonning ko‘kalamzorlashtirish ishlari to‘g‘risida maqola e’lon qildi va unda "Eco-schools Uzbekistan"ning hissasini ham qayd etdi!
Ikkinchidan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi ekofaollarimizning g‘ayratiga qoyil qolayapmiz.
Yaqindagina u yerda 1232 nafar o‘quvchi ishtirokida ta’lim eko-oromgohlari o‘tgan edi.
Biz ketdik, seminar ishtirokchilari esa to‘xtashni hayoliga ham keltirmadilar. Bolalar o‘z maktablariga qaytib, Yoshlari ishlari agentligining eko-volontyorlari bilan birgalikda sinfdoshlari uchun eko-seminarlar o‘tkazdi.

🌳 Bu, ehtimol, eng muhimi - hamfikrlar qancha ko‘p bo‘lsa, ona yurtimizga foydamiz shuncha ko‘p bo‘ladi. Bolalar, siz bizlarga ilhom bag‘ishlayapsiz, rahmat!
Keyingi bekatimiz - 5 may kuni Sirdaryoda.
Uchrashguncha!
__

👋 😉 Всем привет!
У нас 2 новости и обе хорошие!
Во-первых, Фонд экологического образования FEE (Дания) опубликовал материал о работе Узбекистана по озеленению, в которой отметил и роль Eco-schools Uzbekistan!
Во-вторых, не можем не восхититься активностью наших эко-активистов из Сурхандарьинской и Кашкадарьинской областей.
Совсем недавно там закончились образовательные эко-лагеря, в которых приняло участие 1232 учащихся.
Мы уехали, а участники семинара даже и не думали останавливаться. Вернувшись в свои школы ребята вместе с эко-волонтёрами из АДМ провели свои эко-семинары, вдохновив своих одноклассников.

🌳 Это, пожалуй, самое важное – чем больше единомышленников, тем больше пользы мы сможем принести нашему краю.
Ребята, вы нас вдохновляете, спасибо!
Следующая наша остановка 5 мая в Сырдарье.
До встречи!

Zamin | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo tajribasi: Maktablarda shanba va yakshanba kunlari “Otalar qabul kuni” o‘tkazilmoqda

Bu kabi tadbirlar tafsilotlari va ahamiyati Muzrabot tumani misolida.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Қозоғистон

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etishmoqda

Bugun olimpiadaning birinchi - nazariy bosqichi bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilarga 8 ta masala taqdim etildi.

📍Shuningdek, shu kuni ishtirokchilar hamda jamoa rahbarlari Ostona shahridagi Ekspomarkazga sayohat qilishdi.

Ertaga, 3-may kuni o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o'quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo'limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.

✔️ Ma'lumot uchun, 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning 21 davlatidan saralangan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar qatnashishmoqda. Olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, unda maksimal ball 230 ballni tashkil etadi.

Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga Sardor Jalilov nomli sahifa egasi tomonidan joylangan "Сурхондарё вилояти Ангор тумани Кузи Ожизлар мактабидаги тунги энага Шойира Ганиевадан мурожаат" sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki:

Ushbu murojaat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, mazkur holat 2023-yil 25-mart kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashgan "Nurli maskan" maktab-internatida ushbu maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari G.X va tungi enaga Sh.G' lar o'rtasida, ish yuzasidan o'zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqanligi aniqlandi.

Videotasvirda ishtirokchilarning o‘zaro tortishuvi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-sonli qarorining 1-bob 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Odob-axloq qoidalari talablariga zid ravishda janjalli holat yuzaga kelganligi aniqlandi.

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bo‘yicha hozirda “Sharq guli” mahallasi profilaktika inspektori R.Xudoyqulov tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli surishtiruv ishlari yakuniga yetgandan so‘ng ushbu holatda aybdor bo‘lgan xodimlarga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

Videotasvirdagi ushbu holat bo'yicha maktabda sog'lom muhitni mustahkamlash hamda tarbiyachilar o'rtasida o'zaro munosabatlarni yanada yaxshilash bo'yicha maktab jamoasi bilan kelishib olindi.

Shuningdek, maktab faoliyatini yaxshilash, tarbiyalanuvchilari uchun zarur bo'ladigan mebel va jihozlar hamda asbob-uskunalar bo'yicha takliflar olindi


🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube