Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
53.1K subscribers
27.5K photos
2.59K videos
91 files
8.88K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

❗️ “Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

✔️ “Xalq ta'limi vazirligi sovrini” ko‘rik-tanlovi:

🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

📍Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️RASMIY BAYONOT

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining СУРХОНДАРЁ ВА СУРХОНДАРЁЛИКЛАР guruhida Гаппаров Хаитмуротович Эркин томонидан жойланган "Референдум деб фарзандларимиз дарс утмасдан жабр чекмокда" mazmunidagi murojaat yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Mazkur murojaat Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi hamda quyidagilar aniqlandi.

Ushbu murojaatda muallif, tumandagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida referendumga o‘qituvchilar jalb qilinib, maktabda ayniqsa matematika darsi o‘tilmayotganligi, sport zalida esa referendum uchastkasi tashkil etilib, jismoniy tarbiya darslari tashqarida o‘tilayotganligi kabi eʼtirozlarini aytib o‘tgan.

Murojaatda keltirilgan 12-sonli umumtaʼlim maktabi Angor tumanining “Chinobod” mahallasida joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda 897 nafar o‘quvchilar taʼlim olmoqda. Dars mashg‘ulotlari ikki navbatda tashkil qilingan.

Ushbu maktabda 152-sonli referendum uchastkasi tashkil etilgan bo’lib, referendum jarayonlari dars mashg‘ulotlariga xalaqit bermasligi uchun alohida qurilgan sport zalida joylashtirilgan. Maktabda sport mashg‘ulotlarini o‘tish uchun yetarli sharoitga ega sport o‘yingohi mavjud bo‘lib, jismoniy tarbiya darslari vaqtincha maktab o‘yingohida to‘liq o‘tkazilib kelinmoqda.

Maktabda tashkil etilgan 152-sonli referendum uchastkasi a’zolari tarkibiga shu maktabdan 4 nafar pedagog-xodimlar jalb etilgan. Maktab maʼmuriyati tomonidan referemdum uchastkalariga jalb etilgan o‘qituvchilarning darslari jadval asosida, mutaxassislik fanlari bo‘yicha joylashtirilgan. Maktabda o‘quv jarayoni belgilangan dars jadvali hamda o‘quv dasturlari asosida to‘liq olib borilmoqda.

Maktabda o‘quv jarayonlarining olib borilishi viloyat maktagacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sport

Termiz shahar 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida tarbiyalanuvchilar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#XUSHHABAR
''VAZIR SOVRINI''
Vazir sovrini” Respublika ko’rik-tanlovi o’z nihoyasiga yetdi. Ko’rik-tanlovda Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida joylashgan “Barkamol avlod” bolalar maktablaridan o’quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

Tanlovda Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 3 nafar o’quvchi-yoshlari ishtirok etib,1 nafari faxrli III o'rin egalladi, 2 nafari faol ishtiroki uchun DIPLOM va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandlar, bular:

''Liboslar dizayni'' yo’nalishi bo’yicha:
🥉Xusanova Fotima (Bandixon tumani)

''Yog'och o'ymakorligi'' yo’nalishi bo’yicha
: Ismatov Xusan (Sariosiyo tumani)

''Arxitektura'' yonalishida: To'ranazarov Akobir (Termiz tumani)

G’olib bo’lgan ishtirokchilarni Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi muborakbod etib, keyingi tanlov va musobaqalarda ham zafarlar tilab qoladi.

Surxondaryo viloyat "Barkamol avlodʼʼ bolalar maktabi
Axborot xizmati

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube
Ayni vaqtda “Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audiopodkast bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zaro savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqotda Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Audiopodkasda qatnashish uchun @huquqiy_gap kanaliga o‘tish lozim.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ТОПШИРИКЛАР
#Sport

Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida tarbiyalanuvchilar o'rtasida velosport bo'yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

🎉 Musobaqa yakunida bolajonlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube