Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Fotolavhalar

MAKTAB PSIXOLOGLARI UCHUN SEMINAR-TRENING MASHG’ULOTLARI O’TKAZILDI (2-KUN)


🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifning keyingi manzilida ham xorijiy tillarni o‘qitish va kasb-hunar o‘rgatish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Bu borada tumandagi 61-sonli maktabda olib borilayotgan ishlar, yo‘lga qo‘yilgan xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rgatish jarayonlari, xonalarning jihozlanishi ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan maktabda yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonlarining sifati haqida suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Maktabda tashkil etilgan kasb-hunar o‘rgatish ustaxonasi faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan ham tanishildi.

Shuningdek, tumandagi 21-sonli maktabda ham bo‘linib, ayni shu yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishildi. Masʼullarga har bir maktabda xorijiy tillarni o‘qitish va kasb-hunar o‘rgatishni namunali tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
👍4
#Tanlov
#Fransiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi maktablarning fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etganligi haqida xabar bergandik.

Bugun ushbu tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm, Buxoro, Farg’ona, Andijon, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan nomzodlar ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonlari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim yo‘nalishi bo’yicha attashesi Serj Bellini hamda vazirlik mas'ullari tomonidan o’tkazildi.

🔰Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy malakasi, dars metodlari, ta’limda zamonaviy metodlardan foydalanish ko’nikmasi mas'ullar tomonidan baholab borildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi.

✔️ Suhbat jarayonlari davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
#Surxondaryo_viloyati

“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHLARI O'TKAZILDI

Bugun Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar) larida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi tuman (shahar) bosqichlari bo'lib o'tdi.

❗️Tanlovda viloyatimizning 381 ta umumta'lim maktablaridan, jami bo'lib 1905 nafar o'quvchilar ingliz, nemis va fransuz tili fanlari bo'yicha o'zaro bellashib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube