Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.6K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏆 ⚡️ CHORSHANBIYEVA MASHHURA "O'ZBEK JANG SAN'ATI" SPORT TURI BO'YICHA JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORIGA AYLANDI

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-sinf o'quvchisi Chorshanbiyeva Mashhura "O'zbek jang san'ati" sport turi bo'yicha 13-15 aprel kunlari Qozog'iston davlatida o'tkazilgan jahon chempionatida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

🥈 Chorshanbiyeva Mashhura maktab-internat jamoasi hamda o'quvchilar tomonidan tantanali kutib olinib, esdalik sovg'alari bilan tabriklandi.

🔹Mashhuraga bundan yuksak marralarga erishishini tilab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Bandixon_tumani

🔥 GULXAN – BANDIXON YOSHLARINI BIR MAQSAD OSTIDA BIRLASHTIRDI

🔰
Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Bandixon tumani yoshlar ishlari agentligi hamda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o'quvchilar va hududdagi 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirokida badiiy kecha tashkil etildi.

🔥 Yoshlarni bir gulxan atrofida birlashtirgan ushbu kechada o'quvchilar va yoshlar tomonidan she'rxonlik tadbirlari, raqs, kuy-qo'shiqlar ijro qilindi hamda sport o'yinlari o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
📢📢🪩Hurmatli Milliy sertifikatga topshiruvchi ustozlar!

🌗Biz bilan Geografiya fanidan onlayn MILLIY SERTIFIKATGA tayyorlanib 20% lik ustamani qo'lga kiriting!
🔔Bizni gruppani boshqa gruppalardan afzalligi siz bilan yuzma-yuz onlayn ishlaymiz.

✍️Atlas masala va darsliklarni xechkim qo‘llamagan metodda o‘rgatamiz.

🧭⌛️Shoshiling
..

📱➡️Murojaat➡️ @terairipress
#OAV_biz_haqimizda

Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chog‘ida haftaning shanba kunlari Surxondaryo viloyati tajribasi sifatida "Otalar yig'ilishi" o'tkazish taklifini bergan edi. Ota va bobolarning farzand tarbiyasidagi maʼsuliyatini yana-da oshirishga qaratilgan bu ezgu tashabbus tez fursatda hayotga tadbiq etilib, ommaviy tus oldi. Joylardan muxbirlarimiz hikoya qiladi.

https://t.iss.one/tvsurxon
O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.

Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil:👉https://uzedu.uz/uz/news/1010

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram