Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63.2K subscribers
28K photos
2.64K videos
91 files
9.04K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natijalar_gapirsin

Koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan ELEKTROMOBIL namoyishi!

▪️Shahzod Erkinov - Buxoro viloyati, Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Robototexnika" to'garagining 3 yillik a’zosi.

🚗Yaqinda qahramonimiz mashg'ulotlar davomida olgan bilimlari natijasida o'zining "Elektromobil" mashinasini ixtiro qildi.

☀️Elektromobil quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida quvvatlanadi.

Mabodo, elektromobil kaliti yo‘qolib qolgudek bo‘lsa, uni egasi barmoq izi vositasida ham o‘t oldirish mumkin.
☝️Batamom o‘zbek tilida dasturlashtirilgan.

🔷Elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVBATDAGI "OTALAR YIG'ILISHI" O'TKAZILDI

Sherobod tumanining Qulluqsho mahallasida joylashgan
7-sonli maktabda bugun, 15-aprel kuni 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i O'.Shukurov, mahalla vakillari, mahalla imomi, maktab rahbariyati va boshqa mas'ullar ishtirokida "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi.

Yig'ilishda Prezidentimiz topshirig'iga ko'ra, o'quvchilarning nazoratini kuchaytirish maqsadida "Surxondaryo tajribasi" tariqasida "Otalar yig'ilishi" tashkil etish belgilanganligi bildirildi va yig'ilganlarga kelajak avlodni chuqur bilim olishlari uchun nazoratni kuchaytirish masalasida tavsiya va tushunchalar berildi.

✍🏻 Sherobod tumani hokimligi matbuot xizmati

❗️Bizni kuzatib borishda davom eting!
Telegram Facebook Web-site YouTube Instagram
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Zakovat_klubi

🔰 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Termiz shahridagi maktablar oʻrtasida “Zakovat” turnirini yoʻlga qoʻydi.

✔️ Joriy yilning 14-aprel kuni turnirning ilk bahsi oʻtkazildi va unda shahardagi 16 ta maktab terma jamoalari ishtirok etishdi.

🎉 Yakuniy natijalariga koʻra, Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 1-tur õyinida 2-õrinni qoʻlga kiritdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Navoiylik o'quvchi 20 million so'mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔰 OLIS TOG‘LI HUDUDLARDA JOYLASHGAN MAKTABLARDA "OTALAR YIG‘ILISHI" O‘TKAZILDI

Joriy yilning 14-aprel sanasida Sariosiyo tumanining olis tog‘li hududlarida joylashgan Xonjiza qishlog‘idagi 76-sonli hamda Xojaasmin qishlog‘idagi 77-sonli umumta'lim maktablarida “Otalar yig‘ilishi” bo’lib o’tdi.

🔹Yig'ilish ishtirokchilari "Farzandim kelajagiga befarq emasman", "Otaning oqilligi - farzand kamoli" mavzularida farzand tarbiyasida ota-onalar va o'qituvchilar o'rtasida ishonchli munosabatlarni o'rnatish, ularning muammolarini bir-biri bilan bo'lishish va birgalikda hal qilish, farzand tarbiyasida otalarning o'rni va ahamiyatini yanada oshirishni tizimli yo'lga qo'yish zarurligi bo‘yicha fikr, mulohazalar bildirishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube