Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
MUZRABOT TUMANIDAGI MAKTABLARDA "OTALAR YIG‘ILISHI" O‘TKAZILMOQDA

Bugun Muzrabot tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Z.O'tayev, mahalla faollari hamda maktab jamoasi bilan birgalikda "Farzandingiz tarbiyasiga befarq bo‘lmang" shiori ostida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

🔰Suhbatlar davomida otaning farzand tarbiyasida tutgan o‘rni, oila-mahalla-maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda otalar bilan doimiy aloqani o‘rnatish borasida kelishib olindi.

✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
“Quest: Karriere” - kasblar onlayn marafoniga start berilmoqda...

Raqamli ta'lim mahsuloti qanday ishlab chiqilishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

22-aprel kuni soat 13-00da Siz nafaqat raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish jarayoni, balki bevosita IT kasb egalari bilan ham tanishasiz.

Bundan tashqari, Germaniyada ushbu kasblar bo'yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar hamda talabalar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Jonli muloqot bilan birga Nemis tilini o‘rganishga hamda Germaniyadagi kasblarga qiziquvchilarni “Quest: Karriere” Kasblar onlayn marafoniga taklif etamiz. Marafon 17-21-aprel kunlari “Quest:Karriere UZ” kanalida bo‘lib o‘tadi.

Qiziqarli raqamli (digital) kasblar bilan tanishish, Germaniyalik kuchli mutaxassislar bilan suhbatlashish imkonini qo'ldan boy bermang!!!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркманистон Миллий етакчиси, Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Национальным Лидером, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
DENOV TUMANIDAGI HARBIY QISMDA 50-MAKTABNING “VATAN TAYANCHI” OTRYADI A’ZOLARIGA KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI…

🔹 Denov tumanidagi 36691- harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari va 512 nafard o‘quvchilar ishtirok etdilar.

🔸 Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining Denov tuman bo‘linmasi texnikalari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlari, harbiylarning chiqishlari hamda harbiy qurol yarog‘lar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda tumandagi 50-maktabning 20 nafar “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko‘krak nishonlari va guvohnomalari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔻OILA-MAHALLA-MAKTAB O'RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Bugun Termiz shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida mahalla faollari, nuroniylar hamda maktab jamoasi bilan birgalikda "Ota - oila tayanchi" shiori ostida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

🔰Yig'ilish davomida otaning farzand tarbiyasida tutgan o‘rni, oila-mahalla-maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda otalar bilan doimiy aloqani o‘rnatish borasida kelishib olindi.

🔹 Shuningdek, farzandi ta'lim-tarbiyasiga befarq bo'lmagan, na'munali hulqi va a'lo baholarga o'quvchi bolalarning otalariga maktab rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natijalar_gapirsin

Koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan ELEKTROMOBIL namoyishi!

▪️Shahzod Erkinov - Buxoro viloyati, Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Robototexnika" to'garagining 3 yillik a’zosi.

🚗Yaqinda qahramonimiz mashg'ulotlar davomida olgan bilimlari natijasida o'zining "Elektromobil" mashinasini ixtiro qildi.

☀️Elektromobil quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida quvvatlanadi.

Mabodo, elektromobil kaliti yo‘qolib qolgudek bo‘lsa, uni egasi barmoq izi vositasida ham o‘t oldirish mumkin.
☝️Batamom o‘zbek tilida dasturlashtirilgan.

🔷Elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVBATDAGI "OTALAR YIG'ILISHI" O'TKAZILDI

Sherobod tumanining Qulluqsho mahallasida joylashgan
7-sonli maktabda bugun, 15-aprel kuni 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i O'.Shukurov, mahalla vakillari, mahalla imomi, maktab rahbariyati va boshqa mas'ullar ishtirokida "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi.

Yig'ilishda Prezidentimiz topshirig'iga ko'ra, o'quvchilarning nazoratini kuchaytirish maqsadida "Surxondaryo tajribasi" tariqasida "Otalar yig'ilishi" tashkil etish belgilanganligi bildirildi va yig'ilganlarga kelajak avlodni chuqur bilim olishlari uchun nazoratni kuchaytirish masalasida tavsiya va tushunchalar berildi.

✍🏻 Sherobod tumani hokimligi matbuot xizmati

❗️Bizni kuzatib borishda davom eting!
Telegram Facebook Web-site YouTube Instagram