Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
42.8K subscribers
30.3K photos
2.9K videos
96 files
9.77K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug'i

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan maktablarda xorijiy tillarni o'qitish hamda kasbga o'rgatish tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan edi.

Bugun Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida tumandagi barcha umumta'lim maktabi direktorlari hamda mas'ullar ishtirokida 17-sonli MFChO'IMda 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan xorijiy tillarni sifatli o'rgatish maqsadida ta'lim muassasalariga malakali pedagog hodimlarni jalb etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

https://t.iss.one/Bandixonthaxborotxizmati
#Uzun_tumani

🔰ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMI – YANGI O'ZBEKISTON POYDEVORINI YARATADI

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i tomonidan Uzun tumanidagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun uchrashuv o'tkazildi.

📌 Uchrashuvda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar, ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini to'g'ri tashkil qilish hamda pedagoglarning bilim-ko'nikmasini oshirish xususida masalalar muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

❗️Shuningdek, haftaning shanba va yakshanba kunlari o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan "Otalar yig'ilishi" da otalarning ishtiroki, farzandi ta'lim-tarbiyasiga be'etibor bo'lgan otalar bilan bog'lanish, ular bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish lozimligi aytib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 MAKTABLARDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH JARAYONLARI KO'ZDAN KECHIRILDI

🔷 Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Jarqo'rg'on tumanidagi umumta'lim maktablarida olib borilayotgan qurilish jarayonlari, xususan ta'lim muassasalarini aholi xonadonlaridan ajratib turishi uchun maktablar atrofini o'rash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, quruvchilar bilan muloqot qilib, zarur tavsiyalarni bildirib o'tdi.

❗️ Eslatib o'tamiz, viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyatimizda 287 ta umumta'lim maktablari atrofini o'rash, shundan Jarqo'rg'on tumanida atrofi o'ralmagan 11 ta umumta'lim maktablarini atrofini o'rash bo'yicha topshiriq berilgan edi. Hozirda maktablar atrofini o'rash ishlari boshlangan bo'lib, qurilish jarayonlari olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kun_hikmati

"Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchiga lutf bilan muomalada bo'l, "qo'rqma", "zarari yo'q", "ziyoni yo'q", deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo'l."

✍🏻 Mahmud az-Zamahshariy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI "SIYOSIY-MA'RIFAT SOATI" BO'LIB O'TDI

Ushbu o'quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi apparat xodimlari qatnashdilar.

🔸O'quv soati davomida quyidagi masalalarga to'xtalib o'tildi:

▶️Mavzu: Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari

▶️“Mutolaa vaqti” rukni: “Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari”

▶️Shuningdek, o'quv soatida O'zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma'lumot berildi.

❗️Eslatib o'tamiz, mazkur o'quv soatini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ) dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

✍🏻Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube