Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47.2K subscribers
32.4K photos
3.23K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған билан ўтказган телефон орқали мулоқотда «Togg» бренди остида ишлаб чиқарилган биринчи турк электромобили учун миннатдорлик билдирди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в ходе телефонного разговора с Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом выразил искреннюю признательность за представленный первый турецкий электромобиль под брендом «Togg».

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍4
#Kun_hikmati

"Ilm hayo bilan kibr orasida yo'q bo'lib ketadi."

✍🏻 Imom G'azzoliy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
⭕️⭕️⭕️ 🟩🟩🟩

🏛 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash  maqsadida, kitobsevar millatni tarbiyalshda oila ishtirokini faollashtirish maqsadida “KITOBSEVAR MILLAT” shiori ostida “BIZ KITOBXON OILAMIZ” nomli foto tanlovini e’lon qiladi.

💥TANLOVNI O‘TKAZISH MUDDATI

❗️Ijodiy ishlar 2023-yil 12-apreldan 24-aprelga qadar qabul qilinadi.
👑Tanlov g‘oliblari 2023-yil 1-mayga qadar aniqlanadi.

⭕️ TANLOV ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILGAN TALABLAR VA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

1️⃣Tanlovda ishtirok etish uchun jo‘natilayotgan fotosuratlar mobil telefon yordamida ham fotokamera yordamida ham olingan bo‘lishi mumkin;

2️⃣Tanlov ishtirokchilari faqat o‘zlari olgan fotosuratlarni yuborishlari mumkin bo‘lib, ular taqdim qilayotgan ma’lumotlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar;

3️⃣Tashkilotchilar tanlov doirasida qabul qilingan fotosuratlardan foydalanish huquqiga ega;

4️⃣ Bitta ishtirokchidan bitta fotosurat qabul qilinadi. Undan ko‘p yuborilgan fotosuratlar qabul qilinmaydi;

5️⃣ Tanlov uchun fotosuratlar ➡️@infonatlib_bot telegram bot orqali qabul qilinadi;

6️⃣ Fotosurat formati - RAW, JPG, TIFF. Suratlarda hech qanday yozuv, ramkalar va logotiplar boʻlmasligi kerak;

7️⃣Tanlov yakunlariga ko‘ra eng ko‘p "👍" olgan ishtirokchilar g‘olib👑 deb topiladi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxonaoavnigohida
"Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi

Sariosiyo tumani 2-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish maqsadida "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi.

mahalla faollari, harbiy qism xizmatchilari, ota-onalar tomonidan o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, mutafakkirlar hayoti va faoliyati, ajdodlarimizning ma’naviy jasorati, qahramonliklariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarni kutubxonaga sovg‘a qildi.

Bundan tashqari kitoblar marafoni tadbiri doirasida bolalar uchun kitoblar yarmarkasini tashkil etdi. Shuningdek, o‘quvchilar “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida maktab kutubxonasi uchun kitoblarni hadya etdi.

📚 Kitob marafonida 2142 dona badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga kirim qilindi.

#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
👍2
Jarqo'rg'on tumanida ijtimoiy soha ob'ektlari, maktab, bog'cha, sport maktabi va tibbiyot maskanlari faoliyati, yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Dastlabki manzilda tumanning “Beshbuloq” mahallasidagi 36- maktabda 2 ta xorijiy til hamda 1 ta kasb o'rgatishni tashkil etish jarayonlari bilan tanishildi.

Maktabda sartaroshlik, oshpazlik, pishiriq pishirish, karving san'ati, tikuvchilik kabi kasblar o'quvchilarga o'z kasbining ustasi bo'lgan murabbiylar tomonidan o'rgatilmoqda.

Shuningdek, maktabda zamonaviy jihozlangan xorijiy tillarni o'qitish xonalari tashkil etilgan bo'lib, unda koreys va ingliz tilini o'rgatish yo'lga qo'yilgan.

Barcha umumta'lim maktablarida 2 ta xorijiy til hamda 1 ta kasb o'rgatishni namunali tashkil etish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
👍2
Jarqo'rg'on tumanida o'rganilgan keyingi manzil 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'ldi.

Bu yerda bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarni bolalikdan kasbga, san'atga, xususan, rassomchilikka qiziqtirish, sport mashg'ulotlariga jalb qilish, shuningdek, bog'chada til o'rgatish jarayonlarining tashkil etilishi ko'zdan kechirildi.

Tashrif yakunida bolajonlar uchun mo'ljallangan kitoblar jamlanmalari hamda o'yinchoqlar topshirildi.

Shuningdek, tumandagi Sport maktabi faoliyati bilan ham tanishilib, bu yerda o'tkazilgan sport musobaqalari g'olibligini qo'lga kiritgan yoshlarga mukofotlar topshirildi. Mas'ullarga sport to'garaklarini rivojlantirish, yoshlarni sport bilan shug'ullanishga keng jalb qilish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
👍1🤔1