Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
46.3K subscribers
32.7K photos
3.25K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#amaliy_tashrif

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchi sinf o'quvchilari Denov shahrida joylashgan hududi 6 gektar, loyiha qiymati 20 mln dollar, yiliga 6300 tonna ip-kalava tayyorlash quvvatiga ega "DENOV TEKSTIL" paxta-to'qimachilik klasteriga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar korxonaning ish faoliyati, undagi texnologiyalar, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

❗️ Shuningdek, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#profilaktik_o'rganish

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida qo'shni tumanlardan kelib, aholi xonadonlarida ijarada yashovchi o'quvchilarning yashash sharoitlari o'rganildi.

O'quvchilarning yashash xonadonlaridagi sharoitlar, dars tayyorlashlari uchun yaratilgan qulayliklar hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari bo'yicha ishlar o'rganildi.

🤝 Shuningdek, uchrashuv davomida xonadon egasi bilan suhbatlashib, o'quvchilarga sharoit yaratish va ularning nazorati bo'yicha maktab bilan hamkorlikda ish olib borish taklifi bildirildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 SARIOSIYODA KO'RGAZMALI SEMINAR BO'LIB O'TDI

Bugun Sariosiyo tumanidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig‘i, umumta'lim maktablarining 1 nafardan kasb-hunarga yo'naltiruvchi psixologi, xorijiy tillar (ingliz va nemis tili) fanlari o'qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirokida ikkita til va bitta kasbga o'qitish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.

🔻Seminar ishtirokchilari maktabda ikkita til (ingliz va nemis tili) va bitta (tikuvchilik, sartaroshlik, ko'chatchilik, duradgorlik, WEB kontent administratori va kompyuterlarga texnik xizmat ko'rsatuvchi) kasbga o'qitish bo'yicha tashkil etilgan xonalar bilan tanishib shu kasblar bo'yicha o'tkazilayotgan to'garak mashg'ulotlarida ishtirok etishdi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1