Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
58.9K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔰 SARIOSIYODA O‘QUVCHILARNING OTALARI BILAN HAMKORLIK O‘RNATILDI

  Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev va mas'ullar bilan birgalikda farzandi tarbiyasiga befarq bo‘lgan otalar bilan ularning uylariga borgan holda suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida haftaning shanba va yakshanba kunlari maktablarda tashkil qilinayotgan "OTALAR YIG‘ILISHI"da barcha otalarning faol ishtirok etishi, otaning farzand tarbiyasida tutgan o‘rni, oila-mahalla-maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha otalar bilan kelishib olindi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

💬Вizni kuzatib boring👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kun_hikmati

"Agar ilm-u ma'rifatning surati bo'lganida u quyoshdan, oydan, osmon-u yulduzlardan-da go'zalroq bo'lardi"

✍🏻Hasan Basriy
Сурхондарёдаги 1 580 та ижтимоий соҳа объектларида ДХШ асосида иситиш тизими йўлга қўйилади

Музработ туманидаги 7-сонли мактабда Давлат хусусий шерикчилиги асосида иситиш тизими намунали тартибда йўлга қўйилган. Вилоят ҳокими бугун ушбу мактабда бўлиб, иситиш тизимининг ишлаш ҳолати, унинг қулайликлари билан танишди.

Шу ернинг ўзида вилоятдаги ижтимоий соҳа объектларида ушбу тизимни йўлга қўйиш бўйича лойиҳа тақдимотлари ўтказилди. Унга кўра вилоятдаги 1 580 та, шундан 886 та мактаб, 389 та боғча, 262 та тиббиёт ва 43 та бошқа объектларида тизим йўлга қўйилади.

Модернизация қилинадиган қозонхоналарнинг кафолат муддати 15 йил бўлиб, бу ҳозирги қозонхоналардан кўра уч карра кўп муддат хизмат қилади. Ўз навбатида иситиш жараёнларидаги харажатлар деярли каррасига камайишага эришилади.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
🔹MAKTABDAN KASB VA TILNI BILIB CHIQQAN BOLA JAMIYATIMIZNING KATTA YUTUG‘I

Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mudiri tomonidan Muzrabot tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilarni 2 ta til va kasblarga o'rgatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

❗️ Ushbu maktabda o‘quvchilarimizga tikuvchilik, kashtachilik, duradgorlik kabi kasblar hamda xorijiy tillar va axborot texnologiyalari bo'yicha bilimlar o‘rgatib kelinayotganligiga guvoh bo‘lindi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube