Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
34.1K subscribers
30.9K photos
2.96K videos
96 files
9.97K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyati_MMTB

🔰KONSTITUTSIYA O'ZIMIZNIKI

Bugun Uzun tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchilari va o'quvchi yoshlar tashabbusi bilan “Konstitutsiya o'zimizniki” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, referendum o'tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.
Shuningdek, barchani referendum jarayoniga befarq bo'lmaslikka chaqirishdi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak. Yangi Qonun esa buni amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Jarqoʻrgʻon_tumani

JARQO'RG'ON TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIGA RAHBAR TAYINLANDI

Bugun Jarqo'rg'on tumanida tuman hokimi o'rinbosari Anvar Rajabov, tumandagi maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan Jumayev Chorshanbi Jalg'ash o'g'li Jarqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Denov_tumani

DENOV TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Bugun Denov tumanida tuman hokimi Ilhom Abrorov, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Robiya Kattayeva hamda tumandagi barcha maktab shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan Inatullayev Akmaljon Xo'jamurotovich tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Inatullayev Akmaljon Xo'jamurotovich shu kungacha Denov tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri vazifasida faoliyat ko'rsatib kelgan.


🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Sariosiyo_tumani

SARIOSIYO TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI RAHBARLIGI VAQTINCHA JAMOATCHILIK ASOSIDA YUKLATILDI

Bugun Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi zalida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Robiya Kattayeva, Sariosiyo tumani hokimi o'rinbosari A.Qurbonov hamda tumandagi barcha maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab direktori O'zbekov Tojiddin Davronovichga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i vaqtincha vazifasini bajarish mazkur lavozimga asosiy nomzod tayinlangunga qadar jamoatchilik asosida yuklatildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#IMA
#QIZIRIQ_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🎖"Vatan tayanchi" bolalar va o'smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik rahbari Tog'ayev Rustam Jumayevich hamda 10-"B" sinf o'quvchilariga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2022-yil 31-maydagi tegishli qaroriga binoan ta'sis etilgan "Vatan tayanchi" Bolalar va o'smirlar harbiy vatanparvarlik harakati ko'krak nishonlarining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube