surxontongi.uz
110 subscribers
817 photos
60 videos
1 file
430 links
"Surxon tongi" va "Заря Сурхана" gazetalari tahririyatining rasmiy telegram kanali.
Download Telegram
“CITE—2025”: hayratlantirishning uddasidan chiqishdi

Batafsil:
https://surxontongi.uz/2025/04/29/cite-2025-hayratlantirishning-uddasidan-chiqishdi/
QORABAYIR OTLARIDA OR TALASHAR OLG‘IRLAR

Batafsil:
https://surxontongi.uz/2025/04/29/qorabayir-otlarida-or-talashar-olgirlar/
Sariosiyo aeroporti ilk texnik reysni qabul qildi

Batafsil:
https://surxontongi.uz/2025/04/29/sariosiyo-aeroporti-ilk-texnik-reysni-qabul-qildi/
Shohimardon ota yo‘qlovdan mamnun

Batafsil:
https://surxontongi.uz/2025/05/08/shohimardon-ota-yoqlovdan-mamnun/
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

Oldingilar boshqacha edi...
#TAYINLOV

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga rektor tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan To‘rayev Rasul Nortojiyevich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.

R.To‘rayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
👍1
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi hamda Muzrabot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida to‘xtaldi.

Sessiya davomida, Muzrabot tumani hokimi vazifasiga Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich nomzodi taklif etildi. Taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Abdulla Mamatqulov 1985-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ direktorining o‘rinbosari, Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Sessiyada viloyat rahbari yangi hokimga Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan vazifalarni yukladi hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

Batafsil:
https://surxontongi.uz/2025/05/23/24970/
💐 Surxondaryolik tajribali jurnalist davlat mukofoti bilan taqdirlandi!

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidaFarmonni imzoladi. Xususan,

«Shuhrat» medali bilan:
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi taqdirlandi.

Xolmumin Mamatrayimovni davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo‘lgani bilan tabriklaymiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍4