Surxonmuslim.uz
4.9K subscribers
8.77K photos
2.69K videos
27 files
8.22K links
© O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyat vakilligi Matbuot xizmati

Web-sayt: www.surxonmuslim.uz
Download Telegram
#Raddiya_Maqola
TASAVVUF VA SOXTA TARIQATCHILIK

Tasavvuf taʼlimoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari oʻrtasida doʻstlik, birodarlik rishtalari ildiz otishiga zamin yaratgan. Chunki haqiqiy tasavvuf va tariqatchilik islom shariati mezonlari buzilishiga yoʻl qoʻymay, komil insoniy fazilatlarni ilgari suradi. Lekin barcha davrlarda ham tasavvufni oʻzlarining tor doiradagi maqsadlari yoʻlida talqin etuvchilar ham boʻlgan. Abdulqodir Gʻiloniy tasavvuf ahlini ikkiga boʻladi: birinchi guruh - "Sunniylar", ikkinchisi esa "Bidʼat ahli". Birinchi toifa soʻzda, amalda, shariat qonunlariga asoslangan Qurʼon va sunnatga mos boʻlgan tariqatda tamoman qoimdir. Ularni "Ahli sunna val jamoa" deyiladi. Bidʼatchilar toifasiga esa shariat va tariqatga mos tushmagan ishlarni qilishga odatlanganlar kiradi. Bugungi kunda tasavvuf deganda turli marosimbozlik, tariqatga ruju qoʻyish, "pirparastlik", boshqalardan ajratib turadigan liboslar kiyish, boshqalardan ajralib turadigan turfa rasm rusmlarga berilib yashash tushuniladigan boʻlib, odamlarga tariqatni shunday tushuntiradigan ayrim toifalar ham paydo boʻlmoqda. "Soxta tariqatchilik harakatlarida ekstremistik harakatlar yoʻq. Soxta tariqatchilik tarafdorlari tomonidan ilgari surilayotgan ilmning inson hayotida shart emasligi, pirni haddan ziyod ulugʻlanishi, qiz bolalarning taʼlim olishlariga toʻsqinlik qilish, sharʼiy asosga ega boʻlmagan fatvolarga amal qilish, rasmiy imomlarning maʼruzalarini mensimaslik kabi harakatlar har jihatdan isloh qilinishi kerak boʻlgan masalalardir. Haqiqiy tasavvuf kishilar orasida tenglik, birodarlik, ijtimoiy adolat, jamiyatga manfaatli mehnat faoliyati bilan mashgʻul boʻlishni targʻib etadi. Dunyoning koʻp mamlakatlarida katta nufuzga ega Naqshbandiya tariqati asoschisi Bohouddin Naqshbandning "dil ba Yoru dast bakor" shiori shunga targʻib qiladi. Shu bilan bir qatorda haqiqiy tasavvuf farzand tarbiyasida bagʻrikenglik, diniylik va dunyoviylik masalalarida muvozanat hissini shakllantiradi. Tasavvufga xos goʻzal axloq yuksak maʼnaviy fazilatlarni shakllantirish, komil inson, nafs tarbiyasi, vatanparvarlik kabi gʻoyalar xalqimizning haqiqiy maʼnaviy boyligini tashkil etadi. Hozirgi kunda ham tasavvufning ana shunday xususiyatlarini koʻrsatib berish kishilarni turli asossiz gʻoyalar va maslaklarga adashib kirib qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Boysun tumani Pulxokim jomeʼ masjidi imom xatibi: A.Toshmatov
https://t.iss.one/surxonmuslimuz
Musulmonni kofirga chiqarmang.
#raddiya_maqola

"Musulmonni kofirga chiqarmang"

🎞 Abdulatif domla Ziyadullayev Uzun tumani "Domla Muhammadiy" jome masjidi imom-xatibi

© O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

https://t.iss.one/surxonmuslimuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RADDIYA_MAQOLA

"Musulmonni kofirga chiqarmang"

🎞 Abdulatif domla Ziyadullayev Uzun tumani "Domla Muhammadiy" jome masjidi imom-xatibi

© O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

https://t.iss.one/surxonmuslimuz