SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
20.9K photos
2.48K videos
22 files
12.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Andijon shahrining Yoshlar markazi zalida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Komplaens-nazorat xizmati boshliqlari tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish" yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#tayinlov #kadastr_agentligi

TAYINLOV

Djavliyev Joxongir O‘ralovich - Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Djavliyev Johongir O‘ralovich 1985 yil 14 yanvarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan.
2021 yil Qozog‘iston xalqaro Agrar Universitetini yuridik fakultetini tamomlagan. 2007 yilda Termiz tuman Xalq bankida Yuriskonsult lavozimidan ish boshlagan.
Bugungi kunga qadar viloyatimizning qator tashkilot va korxonalarida huquqshunos yo‘nalishida ish olib borgan.
J.U.Djavliyevga boshlagan ishlarida hamda soha rivojidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

Telegram Instagram Facebook
Йиғилишда янги кўп қаватли уй-жойлар лойиҳасида санитар-гигиеник талаблар асосида замонавий чиқинди йиғиш шохобчалари қуриш талаби шаҳарсозлик нормаларига киритилиши зарурлиги таъкидланди.

Шунингдек, ҳудудлар раҳбарларига ресурсини ўтаб бўлган маиший чиқинди полигонларини (жами 165 гектар майдонда 24 та) 1 майга қадар кўмиш чораларини кўриш топширилди.

Мутасаддиларга полигонларни рекультивация қилиш дастурини ишлаб чиқиб, тегишли ишларни бошлашга топшириқ берилди.

Умуман, келгуси йилдан полигонлар ташкил этиш ва уларни ёпишни тартибга солиш бўйича аниқ молиявий манбаларини кўрсатган ҳолда қонун лойиҳасини ишлаб чиқиш мақсадга мувофиқлиги қайд этилди.

Бир ой муддатда Оҳангарон туманида Осиё тараққиёти банки иштирокидаги 30 гектар майдонда полигон ташкил этиш бўйича 17 миллион долларлик лойиҳа доирасидаги қурилишни бошлашга кўрсатма берилди.
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring▫️

❇️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.

◻️ Davlat nazoratini amalga oshirish asoslari.


#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
HIKMATI
♻️ Hech qachon birovning siz haqingizdagi xulosasiga quloq tutmang. Hatto suv ustida yura olganingizda ham "Qaranglar, u suza olmas ekan" deguvchilar topiladi...

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
🔴 Жонли эфир

Айни вақтда вилоят ҳокимлиги катта мажлислар залида Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти Кенгашининг қирқ учинчи сессияси ўтказилмоқда.

Сессия ишида йигирма битта масала кўриб чиқилиши белгиланган. Кун тартиби билан танишиш учун ҳаволага киринг: 👉 https://bit.ly/3GmERbm

Сессия вилоят ҳокимлиги матбуот хизматининг You Tube канали ҳамда вилоят телевидениеси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилмоқда.

Жонли эфирни кузатиб бориш учун қуйидаги ҳаволага киринг:
👉
https://youtu.be/30HG6C6e8Bw

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

👉 Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati

Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-moddasida shunday deb yozilgan: “Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

♻️Mamlakatmizda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish belgilangan.

♻️Bugungi kunda Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo‘limi tomonidan 2022 yil yanvar oyida tumanda o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish holatlarining oldini olish maqsadida monitoring kuzatuv ishlari olib borildi. Olib borilgan monitoring kuzatuv jarayonida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olganlik holati aniqlangan.

🇺🇿Bizlarni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring :
Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #statistika
MUROJAATLAR TAHLILI

♻️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasiga va hududiy filiallarga 2022 yil yanvar oyi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram Facebook
​​Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanvar oyi davomida aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risida.

🔹💢 Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida jami 6 719 ta yaʼni
199,33 gektar
bo‘sh Yer uchastkalari aniqlanib 6 719 tasi YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar muhokamasiga kiritilgan.

🔹🌏 Ushbu YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilgan yer maydonlarining 2 319 ta, yaʼni 81,75 gektari auksion savdolariga chiqarilib, shundan 549 tasi yaʼni 33,39 gektar auksion savdolari orqali 5 mlrd. 537 mln so‘m miqdorda auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib 2 300 ta ishchi o‘rin yaratilgan.

📝 YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilib hozirda auksion savdolari orqali sotilgan yerlarni tumanlar kesimida tahlil qilinganda:

🔰 Angor tuman 53 ta
🔰 Bandixon tuman 14 ta
🔰Boysun tuman 37 ta
🔰Denov tuman 27 ta
🔰Qiziriq tuman 20 ta
🔰Sherabod tuman 48 ta
🔰Jarqo‘rg‘on tuman 47 ta
🔰Qumqo‘rg‘on tuman 30 ta
🔰Sho‘rchi tuman 27 ta
🔰Muzrabod tuman 53 ta
🔰Oltinsoy tuman 36 ta
🔰Sariosiyo tuman 38 ta
🔰Termiz tuman 61 ta
🔰Uzun tumanida 17 ta
🔰Termiz shahar 41 ta

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
Surxondaryo viloyatida joriy yilning 31-yanvar holatiga yerga oid qonunlarni ijrosi yuzasidan O`tkazilgan xatlovlarda aniqlangan holatlar va ularni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar to`g`risida.
Infografika

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_palata #Poytaxt #Nest_one
ПОЙТАХТНИНГ МУҲТАШАМ БИНОЛАРИ
🇺🇿🏙 Пойтахтимиз ўзининг такрорланмас ва серҳашам бинолари билан аҳамиятга эга. Замонавий, осмонўпар бинолар қаторида ажойиб ва архитектуранинг гўзал кўринишга эга бинолар ҳам шаҳримиз кўркига айланган. Шубҳасиз улар пойтахтимизнинг муҳташам биноларидир.

💠 Тошкент телеминораси...
Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг
👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▫️Markaziy bank tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha "Ipoteka kreditlari sharhi" taqdim etildi▫️

💠 Mazkur sharhda ipoteka bozoridagi kreditlar holati, yangi tartibda ajratilayotgan ipoteka kreditlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

💠“Yangi tartib” doirasida subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlari:

▪️Samarqand: 635,7 mlrd. so‘mi (26,3 foizi)
▪️Toshkent shahri: 314,0 mlrd. so‘mi (12,9 foizi),
▪️Surxondaryo: 313,5 mlrd. so‘mi (12,9 foizi)
▪️Namangan viloyatlarida: 286,1 mlrd. so‘mi (11,8 foizi) istiqomat qiluvchi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar hissasiga to‘g‘ri
keldi.

#DavKadastrPalata #markaziy_bank #subsidiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Қашқадарё ва Сурхондарё вилояти IT-ёшлари, ўтказиб юборманг!

☑️ 2022-йил 4-феврал куни мукофот жамғармаси $100 000 ташкил қилувчи “mGovAward” мобил иловаларни яратиш танлови доирасида онлайн учрашув бўлиб ўтади.

🔻 Сессия давомида сиз қуйидагиларга эга бўласиз:
– “mGovAward” танлови билан танишиш;
– қизиқтирган саволларингизни бериш; – эсдалик совғаларни ютиб олиш.

Қачон?
▫️ Сана: 4-феврал
▫️ Вақт: 11:30

➡️ Онлайн тадбирга ҳавола: https://us02web.zoom.us/j/81020706224?pwd=VTRQSjcxVldhQThRNVdWdlc5S3JDQT09

Diyor24.uz расмий канали👇

You tube | Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #aholi_murojaatlari

🔰Kadastr agentligiga joriy yilning 1-fevral kuniga qadar jami 2 512 ta murojaatlar kelib tushgan.

🔹Prezidentining virtual qabulxonalari orqali 1 925 ta,
🔹Bosh vazir qabulxonalari orqali 255 ta,
🔹Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali 74 ta murojaat kelgan bo‘lsa,
🔹Kadastr agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqa idora va tashkilotlardan 248 ta murojaat kelib tushgan.

📌Murojaatlar ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tahlil qilinganda,
🔸1 156 ta yoki 74,0 % qanoatlantirilgan, 376 ta yoki 24,1 % tushuntirilgan bo‘lsa, 30 ta yoki 1,9 % rad etilgan.

📍Ko‘rib chiqish jarayonidagi murojaatlar Kadastr agentligi Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tasarrufdagi tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan "Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining Sherobod shahri, Qiziriq tumanining Sariq, Muzrabot tumanining Xalqobod, Bandixon tumannining Bandixon shaharchalarining ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash" ishlari bajarildi.

Dala kuzatuv ishlari 1:10 000 lik masshtabda qishloq xo‘jalik xaritalari va ortofotoplanlardan foydalanildi. Chegaralar chizig‘i kosmik suratlarni davlat koordinatalar tizimiga bog‘lagan holda, elektron dastur yordamida 1:2 000 lik masshtabda raqamlashtirildi.

🔹 Qiziriq tumani Sariq shaharchasi chegara uzunligi-24,987 kmni;
🔹Sherobod tumani Sherobod shahri chegara uzunligi-24,096 kmni;
🔹Muzrabot tumani Xalqobod shaharchasi chegara uzunligi-10,791 kmni;
🔹 Bandixon tumani Bandixon shaharchasi chegara uzunligi-10,791 kmni tashkil qildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt