SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#brifing #kadastr
АОКАда КАДАСТР БРИФИНГИ

Кадастр агентлигининг 2021 йилдаги фаолияти таҳлили юзасидан кеча ўтказилиши керак бўлган брифинг мамлакатимизда электр тармоқларидаги узилишлар сабаб бугун, соат 12:00 Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида ўтказилиши режалаштирилди.

Унда Кадастр Агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирок этади.

Telegram Instagram Facebook
▫️"Yangi O’zbekiston" gazetasining bugungi sonida xatlov natijalari▫️

🔷"Yangi O’zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida jurnalist Feruza Jo‘rayevaning " Kichik vatanda ko‘ngil to‘q yashashga nima yetsin?" nomli maqolasi chop etildi.

🔷 Unda, Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida olib borilgan xatlov zahmatlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev bilan bo‘lgan intervyu hamda bajarilgan ishlar natijalari esa aholi bilan o‘tkazilgan suhbat asosida keng yoritilgan.

#DavKadastrPalata #gazeta #Yangi_O_zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Давлат кадастрлари палатасининг функциялари кенгайтирилди

Батафсил 👉 https://diyor24.uz/16704

Diyor24.uz расмий канали👇

You tube | Telegram | Facebook | Instagram
Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

🖥Ayni paytda Surxondaryo viloyatida 911 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️Oltinsoy tumanida 29 ta (Ko'rish)
▪️Angor tumanida 138 ta (
Ko'rish)
▪️Bandixon tumanida 28 ta (
Ko'rish)
▪️Boysun tumanida 63 ta (
Ko'rish)
▪️Muzrabot tumanida 342 ta (
Ko'rish)
▪️Denov tumanida 10 ta (
Ko'rish)
▪️Jarqo`rg`on tumanida 16 ta (
Ko'rish)
▪️Qumqo`rg`on tumanida 64 ta (
Ko'rish)
▪️Sariosiyo tumanida 75 ta (
Ko'rish)
▪️Termiz tumanida 68 ta (
Ko'rish)
▪️Uzun tumanida 20 ta (
Ko'rish)
▪️Sherobod tumanida 28 ta (
Ko'rish)
▪️Sho`rchi tumanida 29 ta (
Ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

Telegram Instagram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi▫️

◻️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov 2021 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berdi:

🔹 Ko‘chmas mulklarni hisobga olish borasida o‘tgan 12 oy mobaynida 252,9 mingta qo‘shimcha ob’ekt aniqlanib, ro‘yxatga kiritilgan;

🔹 o‘tgan yilda 16 893 holatda 2541,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan;

🔹shuningdek, 2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi, shundan 8 636 ta yer uchastkasi auksionda sotildi;

🔹 bundan tashqari, 5 876 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 592 ta geodeziya o‘lchov ishlari bajarildi;

🔹5 274,5 mingta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #aoka #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Zahiriddin To'rayev)
Сурхондарё вилояти ҳақида маълумот:

▪️ Ташкил этилган – 1941 йил 3 март
▪️ Майдони – 20,1 минг кв.км.
▪️ Таркиби – 14 та туман, 8 та шаҳар, 112 та шаҳарча, 861 та қишлоқ аҳоли пункти, 721 та маҳалла
▪️ Аҳолиси – 2 743 196 киши (2022 йил 1 январь ҳолатига)
Шун
дан:
▫️
Шаҳар аҳолиси – 993 349 киши
▫️ Қишлоқ аҳолиси – 1 749 847 киши
▫️ Эркаклар – 1 386 976 киши
▫️ Аёллар – 1 356 220 киши

🌏 Каналга уланиш:👇
https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
Ер ва кадастр назорати: 16 минг 893 ҳолатда ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган

📍https://uza.uz/posts/340615

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 18 - 24 yanvar kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

2022 yil davomida Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ob'ektlar soni umumiy 51 093 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
♻️Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish muddatlari.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

Telegram Instagram Facebook
Президент раислигидаги видеоселектор йиғилиши бошланди.

"Барчангизга маълумки, ҳозирги кунда мамлакатимиз ҳаётида ғоят муҳим давр бошланмоқда. Бу – янги тараққиёт ва миллий юксалиш давридир.

35 миллиондан иборат кўпмиллатли халқимиз дунёдаги ривожланган давлатларга хос ҳаёт даражасига эришиш, адолатли, эркин ва обод жамият қуришдек улуғвор мақсадлар билан яшамоқда.

Бугун биз жонажон Ўзбекистонимизнинг узоқ муддатга мўлжалланган истиқболи билан боғлиқ бўлган ўта муҳим масалани муҳокама қилиш учун йиғилдик", деди давлат раҳбари йиғилиш аввалида.
Давлатимиз раҳбари Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси ҳақида:

"Ҳаммангиз хабардорсиз, ўтган йили сайловолди дастури доирасида ҳудудларга ташрифларда “Инсон қадри учун” тамойилини барча ислоҳотларимизнинг бош мезони сифатида белгиладик.

“Давлат – инсон учун” деган эзгу ғояни ҳаётга татбиқ этиш мақсадида 2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини бевосита халқимиз билан маслаҳатлашиб, одамларимизнинг фикр ва таклифлари асосида ишлаб чиқдик. Ушбу стратегияда:

- яқин ва ўрта истиқболда Ўзбекистоннинг тараққиёт тенденциялари қандай бўлади?

- келгусидаги фаолиятимизни белгилайдиган айнан қайси мақсад ва вазифалар биз учун энг долзарб ва устувор ҳисобланади?

- давлат ва жамият ҳаётининг барча жабҳа ва йўналишларини комплекс ривожлантириш учун асосий эътиборни нималарга қаратишимиз керак?

- кейинги йилларда қабул қилинган қонун ва қарорларимиз, дастур ва режаларимизни янги даврда қандай давом эттиришимиз, уларга қандай қўшимча ва ўзгартиришлар киритишимиз керак, деган саволларга чуқур ва атрофлича жавоб берилган".
Йиғилишда 2022 йилга мўлжалланган давлат дастури лойиҳасининг муҳокамаси жараёнида аҳолидан 17 мингдан зиёд таклиф келиб тушгани, уларнинг барчаси йўналишлар бўйича ўрганилиб, дастур лойиҳаси 300 дан ортиқ янги ташаббус билан тўлдирилгани маълум қилинди.

"Одамларимизнинг дастур муҳокамасидаги фаоллиги, уларнинг ислоҳотларга бўлган ишончи ва дахлдорлиги ортиб бораётгани халқимиз юртимиздаги ўзгаришлар жараёнини, ташаббусларимизни қўллаб-қувватлаётганидан яна бир бор далолат беради", деди Президент.

Давлатимиз раҳбари муҳокамаларда фаол иштирок этган барча юртдошларимизга чуқур миннатдорчилик билдирди.
KUN HIKMATI
Bugun boshqalar qila olmagan ishni qiling - ertaga boshqalar orzu qilayotganday yashaysiz.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Surxondaryo #yer_nazorati

🔹Kadastr agentligi Oltinsoy tumani bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Alpomish massivi Mirshodilik Dilmurod fermer xo`jaligiga qarashli qishloq xo‘jaligi xaritasining 685-konturidan 0,06 gektar yer maydonini fuqaro A.Tilovov o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda 40 kv.metr o‘lchamda qurilish qurganligi holati aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan yer inspektorlari tomonidan fuqaroga tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari tushuntirildi.

Shundan so'ng fuqaro o‘z ixtiyori bilan qurilishni bartaraf etdi va qishloq xo‘jalik yer maydoni dastlabki holatiga qaytarildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
27 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat qilib shakllantirilgan kun.

🇺🇿2005 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi. Qonunchilik palatasi va Senat alohida-alohida majlis o‘tkazadilar.

🔰 Palatalar o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi, ularning o‘rinbosarlarini saylaydi, qo‘mita va komissiyalar tuzadi. Har bir palata o‘z reglamentini qabul qiladi va faoliyatining ichki tartibi masalalarini hal etadi. Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi dahlsizlik huquqidan foydalanadilar.

🔰Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat a’zolarining umumiy soni
100
kishidan iborat.
#Kadastr #yer_nazorati

KADASTR AGENTLIGI ANIQLAGAN NOQONUNIY HOLATLAR

🔰2021-yilning 12 oyi davomida Toshkent shahri hududida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini jami 2967 ta (59,32 ga) yer uchastkasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

📌Holatlarning tahlili ushbu infografikada!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt