SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.3K photos
2.35K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori asosida Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

💻Mazkur elektron hamkorlikka muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi Kadastr agentligidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#yer_nazorati

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aniqlangan o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari haqida ma'lumot.

BATAFSIL ! ! !

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
🔷O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotini tuzish to‘g‘risida”gi Davlat kadastrlari palatasi raisining 187-sonli buyrug‘i mavjud. Uning ijrosini o‘z muddatida, sifatli ta’minlash maqsadida hududiy boshqarmalarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

🔷01.01.2022 yil holatiga Milliy Yer xisobotini tuzish, xisobotni shakllantirish” kabi mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan o‘quv seminarida ZOOM platformasi orqali Respublikamizning barcha viloyatlaridan tizim mutahassislari qatnashishmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari #yerga_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Истанбул шаҳрида Туркий кенгаш котибиятининг янги биноси олдида байроқ кўтариш маросими бўлиб ўтди.
Маросимда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва қардош мамлакатлар раҳбарлари иштирок этдилар.
Ўзбекистон, Озарбайжон, Туркия, Қирғизистон, Қозоғистон ҳамда Венгрия, Туркманистон ва ташкилотнинг байроқлари тантанали равишда кўтарилди.

В городе Стамбуле состоялось поднятие флагов у нового здания секретариата Тюркского совета.
В церемонии принял участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиеёв с главами братских государств.
В торжественной обстановке были подняты флаги Узбекистана, Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Турции, а также Венгрии, Туркменистана и самой организации.

#Mirziyoyev #sammit #TurkiyKengash #kotibiyat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yashil_makon #Dolzarb_40_kunlik

🌳Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2-noyabrdan 10-dekabrga qadar Respulikamiz bo'ylab #yashil_makon shoiri ostida manzarali va mevali daraxtlarni bo'sh yerlarga o'tkazish ishlari boshlab yuborildi. Bu jarayonda Kadastr sohasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Viloyat tumanlarida yer resurslarining Milliy hisobotini tuzish bo'yicha o'quv seminar tashkillashtirildi.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyevning O'zbekiston Respublikasi yer resurslarining 2022 yil 1 - yanvar holatiga milliy hisobotni tuzish to'g'risidagi 2021 yil 21 oktabrdagi
187-son buyrug'i ijro yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasida tuman (shahar) filial boshlig'lari hamda hodimlar ishtirokida zoom platformasi orqali navbatdagi o'quv seminar bo'lib o'tdi.

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Forwarded from Kadastr - Live
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi.

O‘zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda Respublikamizning "Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari", "Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari", "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "Aholisi", "Ijtimoiy" va "Iqtisodiyot sohalari" hamda "Tarixi" aks ettirilgan.

Milliy atlas Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt